Byudjet parametrlari ijrosi So'x tumanida
2021-11-22 15:57:40 115
Byudjet parametrlari ijrosi So'x tumanida
Tumanga joriy yilning 9 oyligi uchun byudjet daromadlariga (kontingent) 24063,0 mln. so'm prognoz belgilangan bo'lib, amalda 28060,9 mln. so'mga 116,6 % yoki 3997,9 mln.so'mga ortig'i bilan bajarilishiga erishildi.
Ma'lumot uchun: o'tgan yilning mos davriga 18974,1 mln.so'mga nisbatan 28060,9 mln.so'mga yoki 147,8 foizga oshgan.
Shu jumladan, tuman mahalliy byudjetining 7954,9 mln. so'm daromadlar prognozi rejasi amalda 8 630,6 mln. so'mga yoki qo'shimcha 675,7 mln. so'm 108,5% ortig'i bilan bajarilishi ta'minlandi.
Ma'lumot uchun: o'tgan yilning mos davriga 7561,6 mln.so'mga nisbatan 8630,6 mln.so'mga yoki 114 foizga oshgan.
Joriy yil yakunida tuman bo'yicha byudjet daromadlari prognozi 32076,0 mln.so'm etib belgilangan bo'lib, dastlabki hisob-kitoblarimizga ko'ra, ushbu reja 35441,0 mln.so'mga (o'tgan yili byudjet daromadlariga 27533,8 mln.so'm yoki 7907,2 mln.so'mga 128,7%) ortig'i bilan bajarilishi;
shuningdek, 2021 yil uchun 10467,4 mln.so'm mahalliy byudjet daromadlari prognoz parametri 11100,0 mln.so'mga yoki 632,6 mln.so'mga 106% ortig'i bilan bajarilishi kutilmoqda.
Xususan, mazkur mahalliy byudjet daromadlari, aylanma solig'idan 1280,0 mln. so'm, jismoniy shaxslar daromad solig'idan 8000,0 mln. so'm, aktsiz solig'idan 205,0 mln. so'm, yer va mol-mulk soliqlaridan 800,0 mln. so'm, davlat unitar korxonalari dividend tushumlaridan 10,0 mln. so'm, soliqsiz va boshqa tushumlardan 805,0 mln. so'm manbalar hisobidan bajarilishi rejalashtirilmoqda.
Soliq to'lovlari bo'yicha
So'x tuman bo'yicha 2021 yil yanvarь-sentyabrь oyi davomida soliq to'lovchilar tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotlarini kameral soliq tekshiruvidan o'tkazish natijasida 335 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektlardan 729.2 mln.so'mga qayta hisobotlar olinib, shundan 334 tada 715.0 mln.so'm qo'shimcha mabalag'lar undirilishi ta'minlandi.
Misol uchun, “Qal'asoy” MChJ dan 9.0 mln.so'm, “Ismoilov Salmonjon” xususiy korxonasidan 1.5 mln.so'm qo'shimcha mablag'lar undirilishi ta'minlandi.
Joriy yilning yakuniga qadar jami 800.0 mln.so'm qo'shimcha mablag'lar undirilishi kutilmoqda.
F. Turaboyev – So'x tuman DSI boshlig'i