Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FARMON VA IJRO

×

 2021-11-22 15:40:43    128

PDF yuklash
Chop etish


FARMON VA IJRO

        Ma'lumki, davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yil 20-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va bandligiga ko'maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni imzolangan bo'lib, mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 24-iyul kuni 460-son “Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan to'liq qoplab berish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda nazarda tutilgan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini (davlar ulushi 50 foiz va undan ortig' bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) qaytarish bo'yicha So'x davlat soliq inspeksiyasi tuman moliya bo'limi bilan hamkorlikda ishlar tashkil etilib, 111 nafar xodimlarning 60 million so'm to'langan ijtimoiy soliq summalari qaytarib berildi.

        Eslatib o'tamiz ijtimoiy soliq hisoboti ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 15 sanasidan kechiktirmasdan topshirilishini inobatga olib, ushbu Nizom 2021-yil 1-maydan 2023-yil 15-yanvarga qadar to'langan ijtimoiy soliq summasini Davlat byudjetidan qoplab berishga nisbatan tatbiq etiladi. Bunda, 2022-yil dekabr oyi uchun to'langan ijtimoiy soliq summasini qoplab berish uchun ish beruvchi tomonidan ariza berishning oxirgi muddati 2023-yil 1-aprel kuni etib belgilangan. Mazkur qaror doirasida hamkorlikdagi ishlar davom etmoqda.

Unutmang, Davlat soliq xizmati organi insofli soliq to'lovchinig ishonchli hamkori!

                A. A. Atayev - So'x tuman davlat soliq inspeksiyasi

                               “Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash”  

                               sho'basi  davlat soliq bosh inspektori