SOLIQ TIZIMI IMTIYOZLARI – FUQAROLAR MANFAATI
2021-10-22 14:31:37 156
Davlatimiz rahbari tomonidan So’x tumani rivoji va obodligiga berilayotgan e'tiborni har qancha ta'riflasak, har qancha e'tirof etsak, shuncha oz.
Kuni kecha Prezidentimiz imzosi bilan soliq imtiyozlari bo’yicha qabul qilingan Qonun ham xalqimizning cheksiz quvonchi va xursandchiligiga omil bo’ldi, desak, aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Buni har bir So’xlik fuqaro bilishi shart va zarur.
Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inida So’x tuman Davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i F. To’raboyev ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilish ayni shu masalaga bag’ishlandi.
Tadbirda so’zga chiqgan tuman soliq bo’limi boshlig’i O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 14 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o’zgartirish va qushimchalar kiritish to’g’risida» gi Qonun mazmun-mohiyati va berilgan imtiyozlar haqida ishtirokchilariga tushuntirishlar berdi.
Tadbir davomida mazkur qonun bo’yicha tayyorlangan bukletlar ishtirokchilarga tarqatib berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram