FUQAROLAR MUROJAATLARI E'TIBORDA
2021-10-22 14:26:01 162
Ayni kunda tumanning 1-sektori hududida aholi murojaatlari bilan ishlash bo’yicha tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan fuqarolar tomonidan tuman hokimi sayyor qabullari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti So’x tumani Xalq Qabulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual Qabulxonasi orqali bildirilgan muammo va kamchiliklar yechimi haqidagi murojaatlar o’rganilmoqda.
Tushgan murojaatlarni manzilli o’rganish orqali fuqarolar ham bu tizim bo’yicha o’zlarining fikrlarini bildirishayotir. Ma'lumotlarga ko’ra, muddati belgilangan murojaatlarning aksariyati o’z yechimini topgan va bular fuqarolarning minnatdorchilik, rozilik va tushuntirish shaklidagi yozma ma'lumotlarida o’z aksini topmoqda.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram