Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Oktyabr 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

VILOYAT KENGASHI DEPUTATI KEKSALAR HOLIDAN XABAR OLDI

×

 2021-10-09 16:33:38    51

PDF yuklash
Chop etish


        O’zbekistonda oktyabr oyining birinchi haftasi "Keksalar haftaligi" sifatida nishonlanadi. Ayni kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida haftalik doirasida turli xil ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, davra so’hbatlar o’tkazilmoqda.

        - "Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom kӯrsatish - xalqimizga xos ezgu fazilat" degan bosh g’oyani ӯzida mujassam etgan "Keksalar haftaligi" doirasida biz deputatlar ham o’zimizning hissamizni qo’shish maqsadida aniq rejalar asosida ish olib bordik. Zotan, keksalarni e'zozlash, ularning hurmatini bajo keltirish bizning asosiy vazifamizdir, - deydi So’x tumani 45-Do’stlik saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati Farrux Enazarov.

        Viloyat Kengashi deputati 1-sektor hududidagi Sohibkor va Tul mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi nuroniylar bilan uchrashdi va ular ishtirokidagi davra so’hbatlarda qatnashdi. Bir piyola choy ustida tashkil etilgan davralarda bugungi dorilomon kunlarga shukronalar aytib, yoshi ulug’ otaxonlarimiz yaxshi niyatlar ila duoga qo’l ochishdi.

        Haftalik doirasida mahaladagi yoshi ulug’ otaxonlar, 100 bilan yuzlashgan nuroniylar holidan xabar olindi. Barcha nuroniylarga viloyat Kengashi deputati tomonidan qimmatbaho va esdalik sovg’alar taqdim etildi. 

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram