KEKSALAR E'ZOZDA
2021-10-09 10:13:34 156
"Keksalar haftaligi" doirasida So’x tumani "Mahalla" xayriya jamoat fondi mutasaddilari tomonidan tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamkorligida xayriya tadbiri tashkil etildi.
- Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o’rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida “1 oktyabr — Xalqaro keksalar kuni”ni mamlakatimizda munosib nishonlash maqsadida har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi. Biz, "Mahalla" xayriya jamoat fondi mutasaddilari ham ushbu qaror ijrosi bo’yicha o’zimizning chora-tadbir va rejalarimizni tuzdik va bugungi kunda ushbu reja asosida ish olib boryapmiz, - deydi fond raisi Rasuljon Mirsaidov.
Haftalik doirasida "Mahalla" xayriya jamoat fondi mutasaddilari So’x mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi keksalar holidan xabar olib, tuman tibbiyot birlashmasi vakillari tomonidan nuroniylarga tibbiy xizmat ko’rsatildi va ularga bepul turli xil dori-darmonlar yetkazib berildi.
- Albatta, keksalar, nuroniy otaxon va onaxonlar, yoshi ulug’ insonlar ham birimizning doimiy e'tiborimizda bo’lishlari lozim. Keksalarga bo’lgan e'tibor yoshlar ongida ham ijobiy xususiyatlarni shakllantiradi, hayotga bo’lgan intilish va dunyoqarashni o’zgartiradi. Insoniylik kabi fazilat va xususiyatlar ham keksalarga bo’lgan hurmat va ehtiromda mujassam desak , mubolag’a emas, - deya o’z so’zlariga davom etadi "Mahalla" xayriya jamoat fondi raisi.
Yoshi ulug’ insonlarga nisbatan bo’lgan hurmat va izzat hech qachon so’nmaydi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram