Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOLIQ IMTIYOZLARI – FUQAROLAR MANFAATI

×

 2021-10-08 09:23:35    214

PDF yuklash
Chop etish


     Respublikadagi boshqa bir qator chegara hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida,O’zbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentyabr kunidagi O’RQ-714 “O’zbekiston Respublikasining Solik kodeksiga o’zgartirish va qo’shim        chalar kiritish to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga ko’ra So’x tumani O’zbekiston Respublikasining ayrim hududi maqomi berilib,  O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilandi:

1) foyda solig’i bo’yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to’lovchilarga nisbatan qo’llaniladi;

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog’ida qo’llaniladi.

O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to’lovchilar uchun qat'iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i har chorakda yigirma besh ming so’m miqdorida to’lanadi;

3) ijtimoiy soliq bo’yicha:

yuridik shaxslar uchun (bundan byudjet tashkilotlari mustasno) — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to’lash fondiga nisbatan qo’llaniladi;

O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida;

4) aylanmadan olinadigan soliq bo’yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq to’lovchilarga nisbatan ular tushumining O’zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo’llaniladi.

O’zbekiston Respublikasining alohida hududlarida joylashgan ko’chmas mulk ob'ektlariga va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv resurslariga nisbatan mazkur Kodeksning 415, 422, 429, 437 va 445-moddalarida belgilangan mol-mulk solig’i, yer solig’i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo’llaniladigan bo’ldi. Buning natijasida soliq to’lovchilar ixtiyorida qariyb 20 milliard so’m mablag’ qolishi ko’tilmoqda.Mazkur islohotlardan asosiy maqsad aholi ijtimoiy hayotini yaxshilash, qulay tadbirkorlik mo’hitini yaratish va aholini xususiy biznessga jalb qilish, xalqimizning iqtisodiy sharoitini yuqori ko’rsatgichlarga chiqarishdan iborat.

 

Atayev A.A.- So’x taman Davlat soliq

                           inspektsiyasi “Tadbirkorlikni

                           qo’llab-quvvatlash” sho’'basi

                           davlat soliq bosh inspektori                 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram