Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SOLIQCHI – TADBIRKORGA KO’MAKCHI TAMOYILI ASOSIDA TADBIRKORLIK SUB'EKTLARI MUAMMOLARINI O’RGANISH HAMDA ULARGA KO’MAKLASHISH BO’YICHA

×

 2021-10-08 09:19:45    172

PDF yuklash
Chop etish


“Soliqchi – tadbirkorga ko’makchi” tizimini amaliyotga keng joriy etish maqsadida, soliq idoralari tomonidan joriy yil 1 sentyabrga qadar viloyatning barcha hududlarida 586 ta tadbirkorlarni qiynayotgan muammolari o’rganildi. O’rganishda 403 ta muammosi mavjud tadbirkorlik sub'ektlari aniqlandi. Aniqlangan muammmolar 14 ta yo’nalishda(soliq organlariga aloqador masalalar 10 ta, boshqa idora va tashkilotlarga aloqador muammolar 4 ta)belgilab olinib, o’rganish amalga oshirildi.

O’rganish o’tkazilgan 14 ta yo’nalishda quyidagi natijalar aniqlandi: O’rganishda aniqlangan muammolari mavjud 586 ta tadbirkorlik sub'ektlarining 403 tasiga ko’maklashish lozimligi, 183 ta tadbirkorlik sub'ektlariga ko’mak zarur bo’lmagan.

O’rganishda ko’maklashish lozim bo’lgan 403 ta tadbirkorlik sub'ektlarining muammolari o’rganilganda 342 ta tadbirkorlik sub'ektlarining soliq organiga aloqador masalalar bo’yicha muammolari mavjudligi aniqlandi.

Yuqordagi o’tkazilgan o’rganish natijasida aniqlangan muammolari mavjud tadbirkorlik sub'ektlariga bo’lim va hududiy davlat soliq organlari bilan birgalikda “Soliqchi – tadbirkorga ko’makchi” tamoyili ostida quyidagi ishlar amalga oshirildi.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda muammoga duch kelayotgan 586 tatadbirkorlik sub'ektlarini qo’llab quvvatlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Soliq organlari bilan bog’liq muammosi mavjud 403 ta tadbirkorlik sub'ektlariga quyidagicha ko’maklar berildi.

-          203 ta tadbirkorlik sub'ektlariga dastlabki buxgalteryasini yuritishga ko’maklashildi.

-          67 ta tadbirkorlik sub'ektlarida Soliq qarzi to’g’risida ma'lumot olishda.

-          10 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq rejimini tanlashga ko’maklashishda.

-          12 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq imtiyozlari va ularni qo’llash tartibini tushuntirishlar berildi.

-          8 ta tadbirkorlik sub'ektlarida shaxsiy hisob varag’idan ko’chirma olishda.

-          5 ta tadbirkorlik sub'ektlarida qo’shilgan qiymat solig’i to’loviga o’tkazilgan 579 mln so’m ortiqcha to’lovlari soliq to’lovchilarning bankdagi hisob raqamlariga qaytarib berildi.

-          3 ta tadbirkorlik sub'ektlarida boshqa soliq turlaridan 12 mln so’m ortiqcha to’lovlari soliq to’lovchilarning boshqa soliq turidan bo’lgan qarzdorligiga o’tkazib berishda amaliy yordam berildi.

-          3 ta tadbirkorlik sub'ektlarida 126 mln so’mlik soliq qarzi muddati uzaytirib berildi;

-          2 ta tadbirkorlik sub'ektlarida 11 mln so’mlik MIB orqali debitor qarzdorligi summasi undirilgan.

29 ta tadbirkorlik sub'ektlarida soliq organiga aloqador boshqa masalalarda ko’maklar berildi.

Davlat soliq xizmati insofli soliq to’lovchining ishonchli hamkori!

 

Atayev A.A.- So’x taman Davlat soliq     

                           inspektsiyasi “Tadbirkorlikni

                           qo’llab-quvvatlash” sho’'basi

                           davlat soliq bosh inspektori                               



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram