BOLALAR VA O’SMIRLAR SALOMATLIGI E'TIBOR MARKAZIDA
2021-10-07 14:50:48 120
Bugun tuman madaniyat markazida viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tumandagi 0 dan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarning tibbiy ko’rigi o’tkazildi.
Albatta, tashkil etilayotgan bunday tadbirlar barkamol va sog’lom avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan e'tibor samarasidir. Tumanimizga tashrif buyurgan viloyatning tibbiyot sohasidagi yetakchi mutaxassislari - kardiolog, endokrinolog, bolalar ginekologi, lor, stomatolog, ortoped, xirrug kabi shifokorlar bolajonlarimiz xizmatida bo’lishdi.
Mutaxassislarnig bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, mazkur tibbiy ko’rikni o’tkazishdan asosiy maqsad nogironlik tayinlanmagan, biroq, nogironligi bor voyaga yetmaganlarga guruh tayinlash, 16 yoshga to’lib, ayrim sabablarga ko’ra, ko’rikga o’z vaqtida yetib kelmagan nogiron bolalarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish choralarini ko’rish, voyaga yetgan muhtoj nogironlarga protez-ortopediya va reabilitatsiya texnik vositalarini Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnoma talablari asosida berish, ta'limga jalb etilmaganlarni uy ta'limiga yoki nogiron bolalarga ixtisoslashtirilgan umumiy o’rta ta'lim maktablariga jalb etish, sog’lomlashtirilgan voyaga yetmaganlarni umumta'lim maktablarga o’tkazish, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan kasallikka chalingan tarbiyalanuvchilarni sayyor tibbiy ko’rikdagi mutaxassislar ko’rigidan o’tkazish, maxsus turdagi maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanayotgan xavf guruhiga kiruvchi kasalliklar bilan davolanayotganlarni ko’rikdan o’tkazib, sog’lomlashtirish choralarini ko’rishdan iborat.
Viloyat prokuraturasi tomonidan o’tkazilayotgan mazkur tibbiy ko’rik bo’yicha sog’liqni saqlash boshqarmasi, viloyat tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari, xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim boshqarmalari mutasaddilariga alohida vazifalar yuklatilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram