HOKIM SEKTORIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2021-10-07 14:45:17 149
So’x tuman hokimining nazorat rejasiga asosan hududlarda aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida joylarga chiqqan holda jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish belgilangan.
Shunga muvofiq, tuman hokimining o’rinbosarlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti So’x tumani Qabulxonasi vakillari tomonidan Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi aholi ishtirokida sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda jami 27-nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar.
Qabulda ishtirok etgan fuqarolar tomonidan jami 7 muammolar bo’yicha fikrlar bildirildi. 4-ta murojaat joyida bartaraf etildi va 3-ta murojaat huquqiy maslahatlar berish orqali tushuntirildi hamda tegishli tashkilolarga ularning yechimi bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
Rejaga asosan bunday sayyor qabullar barcha mahallalarda o’tkazilishi ma'lum qilindi. Albatta, bunday tadbirlarni o’tkazishdan asosiy maqsad aholi muammo va kamchiliklarini yechish va ularni vaqtida bartaraf etishdan iborat. Agar bu masalaga har bir tashkilot mas'uliyat bilan yondoshsa, ahamiyatdan xoli bo’lmas edi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram