Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“KEKSALARNI E'ZOZLAYLIK”

×

 2021-10-05 16:57:16    82

PDF yuklash
Chop etish


     Barchamizga ma'lumki, viloyatimiz miqyosida 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e'zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan bosh g’oyani o’zida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” o’tkaziladi. So’x tumanining Hazrati Ali mahalla fuqarollar yig’inida bugun ushbu haftalik doirasida “Keksalarni e'zozlaylik” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

        Tadbirda  tuman hokimi o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i A.Turaboyev, mahalla ahli, nuroniy otaxonlar va faollar qatnashdilar.

     Tadbir avvalida ishtirokchilarga mahalla raisi Suvhonali Nishonov hududda 9 oy davomida rais rahbarligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Tadbir ishtirokchilari mahalla raisining 9 oylik faoliyatiga namunaviy baho berishdi.

        Tadbir oxirida mahallaning bir guruh keksa otaxonlari va hayotda namuna bo’lgan nuroniylarga mahalla fuqarolar yig’ini ma'muriyati, saxovatpesha tadbirkor va homiylar tomonidan qimatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar taqdim etildi.

        Mahallaning saxovatpesha yoshlaridan biri Valijon To’yichev mahalladagi 5-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi ma'muriyatiga televizor sovg’a qildi. Tadbirda mahalla, maktab, oila hamkorligini yanada kuchaytirish va ta'lim-tarbiya ishlariga befarq bo’lmaslik, ushbu yo’nalishda keksa nuroniylarning rolini yanada kuchaytirish, maktab ishlarida nuroniylarning tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiqligi yuzasidan fikrlar bildirildi.   

                  So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati  


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram