Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

4-SEKTORDA HAM ISHLAR QIZG’IN 

×

 2021-10-05 11:13:40    51

PDF yuklash
Chop etish


     Aytish lozimki, So’x tumanining barcha hududlarida ayni kunda obodonlashtirish va qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Buning barchasi inson manfaatini ko’zlab amalga oshirilayotgani bilan ham ahamiyatlidir.

        Amalga oshirilayotgan ishlar barobarida hududlarda “Mahallabay” tizimi bo’chia aholi muammo va kamchiliklari ham o’rganilib, ularning yechimi yo’lida ham amaliy ishlar qilinayotir. Buni 4-sektor mutasaddilari faoliyatida ham ko’rishimiz mumkin.

        Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar nomidan sektor rahbari, tuman DSI boshlig’i F. Turaboyev nomiga elektr energiyasi ta'minoti va transformatordagi nosozliklar haqida murojaat tushdi va ushbu murojaat bo’yicha manzilli ishlar olib borilib, tuman ETK vakillari bilan hamkorlikda muammo bartaraf etilishiga erishildi.

        Ayni kunda sektorning Demursad mahallasida “Aqlli bekat” qurilishi davom etmoqda va Chumoqcha mahallasida ham ichki yo’llarni betonlashtirish ishlari avjida. Guliston mahallasida olib borilayotgan ishlar esa, ichimlik suvi muammosini bartaraf etishga qaratilgan. Barcha bo’layotgan o’zgarishlardan sektor rahbari doimiy xabardor bo’lib turishi ishlarning jadallashtirilishiga omil bo’layotir.

     Shuningdek, sektor rahbari tashabbusi bilan Chashma mahallasidagi tik qulduqda yuzaga kelgan nosozlik mutasaddiy idoralar bilan hamkorlikda bartaraf etildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram