SEKTOR RAHBARI MAHALLADA
2021-10-05 09:47:51 138
Muhtaram Prezidentimizng 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli karori asosida ayni kunda Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’inidagi 4-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti hududida 180 o’ringa mo’ljallangan qo’shma tipdagi (4 ta guruh umumiy tipdagi (120 o’rin) va 4ta guruh aqliy va ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun (60 o’rin) mo’ljallangan) davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurilmoqda.
Shuningdek, mahallaning Zarmiyon mavzesida ichimik suvi ta'minotini yaxshilashga qaratilgan qurilish-montaj ishlari jadallik bilan davom etayotir.
Mahallaning Sangi Siyoh mavzesida esa, qaror doirasida ichki ko’chalarni betonlashtirish ishlari ham bir maromda davom etmoqda.
Bugun tuman prokurori, ikkinchi sektor rahbari Sadriddin Mirzokarimov boshchiligidagi ishchi guruh mahallada bo’lib, qurilish-montaj jarayonlari olib borilayotgan hududlarda bo’lishib, tashrif chog’ida mahalla ahli bilan ham so’hbatlashdilar va aholining muammo va kamchiliklari ham o’rganildi.
- Darhaqiqat, bugun mahallamizda keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bundan xalq rozi va minnatdor. Biroq, tuman prokurorimiz bilan betonlashtirish ishlarida kamchilik aniqladik va ushbu kamchilik jamoatchilik nazoratiga olindi. Yaqin kunlarda ushbu kamchilik bartaraf etiladi degan fikrlarni mutaxassislar bildirishdi, - deydi mahalla raisi Suvhonali Nishonov.
Shuningdek, bugun sektor rahbari bilan birgalikda saylovlarga tayyorgarlik ishlari ham ko’zdan kechirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram