LENBURNING HAR BIR XONADONIGA OBI HAYOT KIRIB KELMOQDA
2021-10-05 09:43:22 210
Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarori asosida tumanimiz miqyosida aholini ichimlik suvi bilan to’liq ta'minlash maqsadida keng ko’lamli qurilish-montaj ishlari olib borilyapti.
- Davlatimiz rahbarining alohida e'tibori tufayli bizning Lenbur mahallamizda ham ayni kunda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Mahallaning teng yarmiga bugungi kungacha ichimlik suvi tarmog’i tortib bo’lindi. Ayni zamon Lenburning ikkinchi qismida ishlar avj olgan, - deydi mahalla raisi G’ayratjon Ne'matov.
Rejaga nisbatan Lenbur mahallasiga ichimlik suvi tarmog’i tortish 8 kilometr etib belgilangan edi. Lekin yangi tasdiqlangan loyihaga muvofiq mahallada salkam 15 kilometrga obi hayot quvurlari tortilishi rejalashtirilgan.
Soha mutaxassislari bugun barcha zaruriy texnikalarni safarbar etgan holda mahallaning har bir honadoniga kirib borishayotir, chunki qurilish-montaj ishlari yakunlangach, Lenburning barcha xonadonga ichimlik suvi tarmog’i tortib beriladi. Ya'ni mahallada toza ichimlik suvi kirib bormagan oila qolmaydi.
So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram