Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

FAXRIY USTOZLAR E'ZOZDA!

×

 2021-10-02 11:48:48    53

PDF yuklash
Chop etish


        1 oktyabr - ustozlar va murabbiylar kuni munosabati bilan saxovatpesha homiylar va tadbirkorlar tomonidan hududlarda istiqomat qiluvchi bir guruh faxriy ustozlar holidan xabar olindi.

        O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari - "So’xdon" MChJ boshqaruvi raisi Habibullo Yormatov va tuman hokimi o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Abdushukur To’raboyevlar bayram kuni bir guruh nuroniy Ustozlar xonadonlarida bo’lishdi.

        Hushyor mahallasida yashovchi 93-yoshli Begali Boltayev, Chumoqcha mahallasida yashovchi 101-yoshni qarshilagan ustoz Mirzojon Xujamov, Sarikanda mahalalsida istiqomat qiluvchi soha faxriylari - Abduvaqqos va Dodoiso Metinovlarga homiylarning esdalik va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.

        - Inson uchun eng aosiysi - e'tibor. E'tibor - mehr sarchashmasi, hurmat va izzat manbasi sanaladi va insonlarni biri-biriga bu fazilat ezgu amal sifatida birlashtiradi. Rahmat, Sizlarga bolalarim! Tashrifingizdan boshim ko’klarga yetdi, - deya duoga qo’l ochishdi nuroniy ustozlarimiz.

        Darhaqiqat, bunday ulug’ insonlar - butun umrini barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga bag’ishlagan Ustozlar har qanday e'tibor, hurmat va izzatu e'tirofga loyiq. Ularning mazmunli hayot yo’li bugungi avlod va kelajak vorislari uchun ibrat namunasi bo’lib xizmat qilajak.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram