Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANI HOKIMI SAYIDBAHROM SAYIDMUSAYEVNING BAYRAM TABRIGI

×

 2021-10-01 10:10:31    62

PDF yuklash
Chop etish


Aziz ustozlar! Qadrli o’qituvchi va murabbiylar!

        Tuman hokimi sifatida butun Respublikamizda bayram sifatida nishonlaydigan ushbu ulug’ ayyom – o’qituvchi va murabbiylar kuni bilan Sizlarni tabriklashga ijozat bergaysiz.

        Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida o’sib kelayotgan yosh avlodning davlatimiz ravnaqi yo’lidagi hissasi amaliy bo’lmoqda.

        Aytish lozimki, davlatimiz rahbari e'tibori asosida bizning So’x tumanimizda ham ayniqsa, ta'lim sohasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina misol, o’tgan yili bitiruvchi yoshlarimizni oliy ta'lim muassasalariga kirishlari uchun tarixiy imtiyoz – 500 ta kvota ajratilgani tuman yoshlariga bo’lgan yuksak e'tibor namunasidir va bunday e'tibor samarasi o’laroq So’xlik yoshlarning Oliy ta'lim muasaasalariga kirish ko’rsatgichi 65 foizni tashkil etdi.

        Ta'lim muassasalarida pedagog hodimlar va farzandlarimizga zaruriy shart-sharoitlar yaratish borasida ham arzirli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanimizda Davlat dasturi doirasida 19 ta maktab joriy, 4 maktab mukammal ta'mirlandi. Oftobru mahalla fuqarolar yig’inida qurilayotgan yangi maktab binosi uchun davlatimiz tomonidan 12 yarim milliard so’m mablag’ ajratilgan va bugungi kunda qurilish ishlari ushbu inshootda jadallik bilan davom etmoqda.

        Joriy o’quv yili boshlanishi arafasida barcha ta'lim muassasalarida qurilish va ta'mirlash ishlari olib borildi.

        Bu amaliy ishlar kelgusida o’z samarasini berib, pirovard natijada tumanda yetuk kadrlar tayyorlashda asosiy omil bo’lib xizmat qiladi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

        Tumanimiz ta'lim sohasi ta'rixida So’xlik yetuk muallim va zabardast o’qituvchilarning nomlari zarhal harflar bilan yoziladi. Abdurahim Behbud, Obidxuja Ibragimov, Ochaorom Rafiqova, Urunboy Rahimov, Ortiqboy Urunov kabi yuzlab faxriylarimiz boshlangan ezgu ishlarni Mirzojon Xo’jamov, Naziraoy Mahmatova, Yoqubjon Mahmudov, Savror Ernazarov, Boturxon Aqrabov kabi ustozlarimiz hayotda tatbiq etishdi va ushbu ulug’ insonlarning samarali faoliyatini bugungi fidoiy yoshlarimiz davom ettirishiga ishonamiz. Albatta, ustozlarning mehnati, ularning hayot yo’li biz uchun ibrat maktabidir. Ularning nomlarini soatlab tilga olish mumkin. Biz barcha faxriy ustozlar oldida ta'zimdamiz.

        Hurmatli ustozlar va aziz murabbiylar!

        Ushbu unutilmas damlarda Sizlarni yana bir bor kasbiy bayramingiz bilan tabriklab, Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman. Boshlangan barcha ezgu ishlaringizda Yaratgannigg O’zi madadkor  bo’lsin! Mashaqqatli, biroq, sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar va katta muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

        Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz Ustozlar!

SAYIDBAHROM Sayidmusayev - So’x tumani hokimi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram