Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAXOVAT SARHAD BILMAS

×

 2021-09-30 14:22:45    62

PDF yuklash
Chop etish


        Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini o’zining saxoovatpesha tadbirkorlari va oliyjanob insonlari bilan dong taratgan. Qayd etish lozimki, mahallada bunday xayr-saxovat amallarda xotin-qizlar va tadbirkor ayollar ham faollik bilan qatnashmoqda.

        «Saxovat va ko’mak» harakati doirasida saxovatmand ayol Nishonova Yulduzxon homiyligida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig’ini Kengash a'zolari ishtirokida 74 qop un mahsuloti kam ta'minlangan oilalarga tarqatilib, ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olindi.

        - Zero muhtojlarga xayr-saxovat qilish insonlar o’rtasida mehr-oqibat rishtalarini yanada mustahkam bog’lanishiga, o’zaro hurmat va totuvlik hislarini ortishiga, dunyoviy ishlarini rivoj topishiga xizmat qiladi, - deydi mahalla raisi Suvhonali Nishonov.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram