YANGIARIQ MAHALLASIDA YANA BITTA OILAVIY-NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2021-09-27 17:58:24 131
Aytish lozimki, o’tayotgan yilning shu muddati davomida tumanimizda maktabgacha ta'lim tashklotlariga bolalar qamrovini ko’paytirish bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Tuman maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri Gulnozaxon Usmonovaning ma'lumotiga ko’ra, ayni kunda bu ko’rsatgich tuman bo’yicha salkam 60 foizni tashkil etadi. Bu ko’rsatgich o’tgan yilning shu davriga nisbatan anchaga, yoxud 23 foizga oshgan.
Biroq, ba'zi mahallalarda bu ko’rsatgich eng past foiz darajasida qolmoqda va bunga Yangiariq mahalla fuqarolar yig’ini ham kiradi. Asosiysi, mahallada bu muammoni hal etish yo’lida birinchi qadam qo’yildi.
Mahallada tashabbuskor tadbirkor ayol Munira Muqimova say-harakatlari bilan "Guljaxon" oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi va muassasani foydalanishga topshirish marosimida qatnashgan 4 ta sektor rahbarlari, tuman MTB mudirasi mahalla ahlini bu shodiyona kun bilan tabriklab, bu yo’nalishda mahallada hali tizimli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgani haqida to’xtalib o’tdilar.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev tomonidan mazkur muassasada tarbiya olayotgan barcha bolajonlarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Shuningdek, muassasani tashkil etilishida hissa qo’shgan tadbirkorga ham qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi.
Ayni kunda ushbu muassasada 25 nafar bolajonlar tarbiya olishadi. Ularga bu yerda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berilgan va eng asosiysi, 3 nafar xotin-qizlarimizning bandligi ta'minlangan.
Yil oxirigacha bolalarni tarbiya muassasalariga jalb etish ko’rsatgichini 80 foizga yetkazish rejaga kiritilgan.
So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram