SHIFOXONANING YANGI BO’LIMI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2021-09-27 10:50:14 134
So’nggi yillarda mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, fuqarolarimizning sog’lom va farovon hayot kechirishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan misli ko’rilmagan ishlar amalga oshirilmoqda.
Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar inson manfaatiga qaratilgani bilan hkam ahamiyatlidir.
Tumanimizda davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarori asosida yana bir tibbiyot maskani foydalnishga topshirildi.
Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, Farg’ona viloyati SSB boshlig’i o’rinbosari N. Otajonovlar ishtirok etgan taqdimot marosimida so’nggi yillarda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, birgina So’x tumanida bajarilgan obodonlashtirish va qurilish ishlari Prezidentimizning alohida So’xga bo’lgan e'tibori doirasida qilinayotgani ta'kidlab o’tildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar bo’limi qurilishiga Davlat Dasturiga binoan 3 milliard 690 million so’m mablag’ yo’naltirildi.
- Bo’limimizda ayoni kunda 40 dan ortiq mutaxassislar faoliyat yuritishadi. Yangi bo’limda ichak infektsiyalari va havo-tomchi infektsiyalari bo’linmasida jami bo’lib 25 nafar bemorlarga tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Bunday e'tibor uchun biz barcha bo’lim mutaxassislari nomidan Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz, - deydi bo’lim mudiri Mehrubon Boltayev.
Eslatib o’tamiz, ayni kunda tumanimizda tibbiyot birlashmasiga qarashli 75 o’rinli ichki kasalliklar bo’limi binosida Davlat Dasturi asosida qiymati 4 milliard 636 million so’m bo’lgan qayta rekonstruktsiya qilish ishlari davom etyapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram