ZARMIYONGA HAM OBI HAYOT KELADI
2021-09-24 13:08:56 126
Hazrati Ali mahallasidagi Zarmiyon mavzeining asl ma'nosi "o’rtadagi tilla"ni anglatadi. Demak, bunda o’ziga xos ma'no bor.
Mahalla raisi Suvhonali Nishonovning so’zlariga ko’ra, bir paytlar bu mavze obod va ko’rkam go’sha bo’lgan. Biroq, mavze aholisi 30 yildan buyon suv ta'minotidagi muammolardan aziyat chekishadi. Gap shundaki, aholi sonini tobora ko’payib borayotganligi suvga bo’lgan talabotni ham oshishiga sabab bo’layotir.
Prezidentimizning 2020 yil 8 avgustdagi 4798-sonli qarorini zarmiyonliklar azaliy orzular ro’yobi sifatida qabul qilishmoqda. Chunki mazkur qaror asosida mahallada ichimlik suvi tortish ishlari boshlab yuborildi.
Suv tortish ishlarini sifatli etib bajarish maqsadida barcha zaruriy texnikalar safarbar etilgan. Aytish mumkinki, agar ushbu ezgu maqsad amalga oshirilsa, zarmiyonliklarning 30 yillik orzulari ushaladi. Bu aholini qiynayotgan muammolar kundan kunga bartaraf etilyapti deganidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram