Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QAL'ACHADA SAYYOR QABUL

×

 2021-09-23 09:18:03    78

PDF yuklash
Chop etish


        Qal'acha mahallasidagi "Shayxi kulolon" ziyoratgohida bo’lib o’tgan sayyor qabulda mahalla ahli ishtirok etishdi. Tumandagi korxona-tashkilotlar rahbarlari qatnashgan qabulda Qal'achaliklar tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevga o’zlarining muammo va kamchiliklari bo’yicha murojaat etishdi.

        - Har bir qabulning samarasi va ijobiy natijasi bo’lishi kerak. Xalq bizdan natija kutib yashaydi. Murojaatlarni ijobiy hal etish har bir rahbardan katta mas'uliyat talab etadi. Xo’jako’rsinlikdan qochib, xalqni faoliyatimiz bilan rozi qilish biznig asosiy vazifamizdir, - dedi tuman hokimi qabul avvalida.

        Sayyor qabulda asosan ish joyi bilan ta'minlash, moddiy ko’mak ko’rsatish, mahalla obodligi, elektr-energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti va boshqa masalalar bo’yicha murojaatlar qilindi.

        2019 yil mahalla "Obod qishloq" dasturiga kirgan bo’lsada, biroq ko’p ishlar bu hududda qolib ketgan, ayniqsa, elektr-energiyasi ta'minotida. Sohadagi muammolarni o’rganib, besh kun ichida uni bartaraf etish choralari yuzasidan "Yo’l xaritasi" tuzib tuman hokimiga taqdim etish bo’yicha tuman ETK rahbariyatiga ko’rsatmalar berildi.

        Sayyor qabuldan so’ng tuman hokimi mahalladagi 20-sonli UO’T maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasini borib ko’rdi. Uchastka saylov komissiyasi raisi bilan saylovga tayyorgarlik ishlari muhokama etildi.

        Ayni kunda mahallada davlat-xususiy sherikchilik asosida mahalla xizmat uyi qurilyapti. Mazkur ishga bel bog’lagan tadbirkor bilan bo’lib o’tgan so’hbatda tuman hokimi ishlarni sifatli qilib bajarish bo’yicha o’zining tavsiya va takliflarini berdi.

                  So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram