SEKTORDA NIMA GAPLAR?
2021-09-22 13:34:47 142
Prezidentimizning alohida e'tibori tufayli bugungi kunda Respublikamizda aholi murojaatlari bilan ishlash tizmini mutlaqo yangi tartibda yo’lga qo’yish, har bir murojaat yuzasidan "Mahallabay" tizimi bo’yicha manzilli o’rganishlar olib borish va pirovardida aholi tomonidan bildirilgan muammo va kamchiliklarni ijobiy hal etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
2021 yil 23 iyul kuni davlatimiz rahbari raisligida bo’lib o’tgan hukumat videoselektor yig’ilishida barcha rahbarlar, ayniqsa, sektorlar rahbarlari ziimmasiga mas'uliyatli vazifalar yuklatildi.
Mazkur topshiriq va ko’rsatmalarning ijrosini ta'minlash yuzasidan tuman hokimi rahbarligidagi 1-sektor hududida mahallalarda olib borilayotgan ishlar e'tiborga molikligi bilan ham ahamiyatlidir.
Sektor tarkibida tuzilgan ishchi guruhlar tomonidan hududdagi Qal'acha, G’aznov, Sohibkor, Tul, Devayron va Lenbur mahalla fuqarolar yig’inidagi 49 ta xonadonlar o’rganildi. O’rganish davomida ushbu xonadonlarda jami bo’lib 22 ta muammo borligi aniqlanib, 5 ta muammolar ishchi guruh tomonidan joyida bartaraf etildi, 17 muammo huquqiy maslahatlar berish orqali tushuntirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram