Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YURT FARZANDLARI NOMI BARHAYOT

×

 2021-09-18 15:21:10    81

PDF yuklash
Chop etish


(Hushyor mahallasida Teshaboy Odilovning byusti o’rnatilgan Xotira burchagi ochildi)

        Hushyor mahallasidagi 13-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Leningrad shahri qahramoni, So’xning asil farzandi Teshaboy Odilov xotirasiga bag’ishlab tantanali tadbir bo’lib o’tdi.

        Teshaboy Odilov ikkinchi jahon urushi yillarida matonat ko’rsatgan So’xlik o’g’lon sifatida fashistlarni quvib, Berlingacha borgan. Snayperchi Teshaboy Odilov haqida filmlar surtga olingan, kitoblar yozilgan.

        Fashistlar Teshaboy Odilovni "qizil iblis" deb atashgan. Neva daryosi bo’yida bo’lgan jangda qahramonimiz chinakam fidoiylik va qahramonlik namunasini ko’rsatgan.

        Tadbirda ishtirok etib so’z olgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bunday insonlar So’x xalqi qalbida mangu yashashi, Teshaboy Odilovning hayoti barcha bugungi yoshlarga ibrat namunasi bo’lib qolishini ta'kidladi.

        Tadbir davomida Teshaboy Odilovga bag’ishlangan Xotira burchagi ochildi. Xotira burchagiga qahramonning byusti o’rnatilgan. Guldastalar bilan bezalgan byust poyida bir daqiqa sukut qilgan tadbir ishtirokchilari qahramonga hurmat bajo keltirishdi.

        Tadbir urush qahramoni farzandlarining dil so’zlari, maktab o’quvchilarining kompozitsion chiqishlari va harbiyolarning namoyishlari bilan davom etdi.

                  So’x tumani hokimligi Ahborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram