SOHIBKORDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI
2021-09-18 15:04:08 121
So’x tumani hokimligi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti So’x tumani Qabulxonasi nazorat rejasiga asosan hududlarda aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni yanada kengaytirish, muammolarni aniqlash va ularni joyida bartaraf etish maqsadida joylarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Shunga muvofiq, 1-sektor hududidagi Sohibkor mahalla fuqarolar yig’inida tuman hokimi tomonidan hududdagi jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan sayyor qabul o’tkazildi.
Qabulda jami 36-nafar jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdilar.
Qabulda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarida jami 15 muammo aniqlandi. 12 ta murojaat joyida bartaraf etildi va 3 ta murojaat tegishli tashkilolarga ijro uchun yo’nalitirildi.
Qabul davomida aniqlangan murojaatlarni o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha muallifga ma'lum qilish uchun tuman hokimining o’rinbosarlari, tuman hokimligining masalaga daxldor xodimlari, korxona, tashkilot va bo’limlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
- Muammo va kamchiliklar belgilangan muddatda, manzilli o’rganish orqali hal etilishi lozim. Har bir inson bugungi rahbarning faoliyatidan rozi bo’lishi kerak. Bu borada "Mahallabay" tizimi bo’yicha ishlarni yanada jonlantirishimiz kerakligi davr va zamon talabi. Chunki hali oldimizda o’z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar talaygina, - dedi tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev uchrashuv jarayonida.
Bunday uchrashuv va sayyor qabullar tumanimizning barcha mahallalarida reja asosida tashkil etilishi ko’zda tutilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram