Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TALABALARGA VA'DA QILINGAN BADIIY KITOBLAR YETKAZIB BERILDI

×

 2021-09-16 17:08:49    60

PDF yuklash
Chop etish


        Xabaringiz bor, Devayron mahallasida joylashgan 17-sonli UO’T maktabida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ta'lim dargohining 8-sinf o’quvchilariga va'da qilingan badiiy kitoblar tez kunda olib berilishini ta'kidlagan edi.

        Davlat xizmatlari markazi So’x tumani bo’limi rahbari Muxtorjon Saidahmadov bilan birgalikda talabalarga va'da qilingan badiiy kitoblar to’plami va futbol to’pi yetkazib berildi.

        Maktab ma'muriyati va talabalar berilgan kitoblar bo’yicha tanlov e'lon qilinishi va bir oy davomida mutolaa qilgan kitoblar bo’yicha talabalar bilimi sinovdan o’tkazilishini ta'kidladilar.

        - Bir oydan keyin albatta, biz mutolaa qilgan kitoblar bo’yicha o’zaro bellashamiz va bu e'tibor tufayli sinfimizning kutubxonasi yanada boyidi va buning uchun tumanimiz hokimiga cheksiz rahmatlar aytamiz va hamisha har ishda faol bo’lishga va'da beramiz, - deyishdi talabalar.

        Tuman DXM rahbarining so’zlariga ko’ra, yaqin kunlarda maktab o’quvchilariga yangi badiiy adabiyotlar yetkazib beriladi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram