Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NAVOBODDA HAM KO’P QAVATLI UY-JOYLAR QURILMOQDA

×

 2021-09-14 16:06:41    60

PDF yuklash
Chop etish


        Tumanimizning Navobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida Prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida 4 dona 5 qavatli har biri 120 xonadondan iborat ko’p qavatli uy-joylar qurilishi davom etmoqda va ushbu loyihalarning umumiy miqdori 20 milliard 176 million so’mni tashkil etadi.

        Bu har bir inshootning qiymati 5 milliard so’mdan ortiq deganidir.

        Qurilish ishlari "Xushbaxti So’hrobzod", "Hazratulloh", "Arslon ekspress", "Guzari omadi Lazina" va "Mirzoqurbon" mas'uliyati cheklangan jamiyatlari quruvchilari tomonidan olib borilayotir.

        Eslatib o’tamiz, tumanimizda prezidentimizning 4798-sonli qarori asosida Chashma mahallasida 2 dona besh qavatli va Devayron mahalla fuqarolar yig’ini huduida ham 2 dona 4 qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan bo’lib, ayni kunda Chashma mahalla fuqarolar yig’inidagi ko’p qavatli uylar foydalanishga topshirish arafasida.

        Chashma mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi ko’p qavatli uylar sentyabr oyining oxirgi o’n kunligida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram