Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

NURONIY OTAXONLAR DIYDORLASHUVI

×

 2021-09-13 14:42:02    23

PDF yuklash
Chop etish


        Navobod mahallasida joylashgan dam olish maskanida turli yillarda So’x tumanida haydovchilik qilib, faoliyat olib borgan bir guruh nuroniy otaxonlarning diydor oqshomi tashkil etildi. Tadbirda 50 nafarga yaqin mehnat faxriylari, turli yillarda sobiq "So’x" sovxozida haydovchilik qilgan nuroniylar ishtirok etishdi.

        Tadbir tashkilotchilaridan biri - Mo’soboy Ergashevning so’zlariga ko’ra, 1975-1976 yillar "So’x" sovxoziga qarashli avtogarajda 36 ta yuk mashinalari bo’lgan. - Avvallari 80 nafarga yaqin haydovchilar faoliyat yuritgan. Keyinchalik avtomobillar soni 120 taga yetgan va haydovchilarning soni 200 nafardan oshgan. Sobiq "So’x" sovxozida asosiy ishlarni haydovchilar bajargan. Tumanning iqtisodiy rivojlanishida ham sobiq haydovchilarning hissasi katta, - deydi biz bilan so’hbatda Mo’soboy Ergashev.

        Biroq, tadbirda ishtirok etmagan, ushbu fayzli kunlarga yetib kelmagan otaxonlar ham bor. Ularning suratlari ehtirom ila tadbir to’riga qo’yildi. O’tganlarning xotirasiga bag’ishlab, duolar o’qildi, Qur'ondan oyatlar tilovat qilindi. Davrada ularning farzandlari ishtirok etishdi.

        San'atkorlarning diltortar ko’y-qo’shiqlari davra fayziga o’zgacha fayz baxsh etdi. Otaxonlarning xursandchiligi va fayzli oqshom kechgacha davom etdi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram