SEL YO’LI TA'MIRLANMOQDA
2021-09-13 11:33:08 208
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-sonli, 2021 yil 2 aprel kunidagi PQ-5048-sonli qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 aprel kungi 36-sonli rayosat bayoniga asosan tumanimizning hududlarida keng ko’lamli qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Shunga binoan, Qal'acha mahallasida ham bu yo’nalishda tizimli ishlar amalga oshirilayotir.
Mahalladagi sel yo’lini ta'mirlash maqsadida davlat hisobidan 1 milliard 472, 5 million so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, qurilish-ta'mirlash ishlari "Mumtoz metall montaj" MChJ quruvchilari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda mazkur inshootda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Tozalash ishlarida quruvchi tashkilot ishchilari faoliik ko’rsatishayotir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram