Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI VA FVB VAKILLARI ISHTIROKIDA SAYYOR QABUL O’TKAZILDI

×

 2021-09-10 20:33:19    167

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun 1-sektor hududida joylashgan G’aznov mahallasining Sulton Mahmud G’aznaviy ziyoratgohida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari ishtirokida sayyor qabul bo’lib o’tdi.

        Tadbirda tumandagi tashkilot-korxona, muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi. Qabulda ishtirok etgan fuqarolar asosan viloyatdan kelgan mehmonlarga So’x daryosi qirg’oqlarini mustahkamlash va shu asosda hududda qishloq xo’jaligi sohasini rivojlantirishga doir takliflari bilan murojaat etishdi.

        Tadbirda 1-sektor hududidagi mahallalardan fuqarolar qatnashdi. Tadbir ishtirokchilariga mutasaddilar tomonidan berilgan taklif va bildirilgan murojaatlar asosida "Yo’l xaritasi" tuzish va shu asosda muammo va kamchiliklarni tizimli hal etish bo’yicha fikrlar bildirildi.

        Darhaqiqat, bu yilgi issiq kelgan ob-havo va yoz faslining seryog’in kelishi So’x daryosi qirg’og’ida tashkil etilgan sholichilik klasterlariga zarar yetkazdi. Kelgusida shunday holatlarni oldini olish bo’yicha aniq reja asosida ishlarni tashkil etish ta'kidlandi.

        Shuningdek, sayyor qabul davomida aholi tomonidan hududda elektr energiyasi, tabiiy gaz ta'minoti, obodonlashtirish ishlari, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar bandligi ta'minlash masalalarida murojaatlar qilindi.

        Tadbirda ishtirok etgan tuman adliya bo’limi rahbari B. Enazarov ishtirokchilarga Farg’ona viloyati hokimining 65-sonli farmoyishi asosida hududlarda tashkil etilgan "Huquqiy axborot kuni" doirasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlik sub'ektlariga qonun hujjatlari bilan berilgan imtiyoz va preferentsiyalar to’g’risida huquqiy tushuntirishlar berdi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari adliya bo’limi boshlig’iga o’zlarini qiziqtirgan savollar berib javoblar olishdi.

        Tadbirda qabul qilingan "Yo’l xaritasi" bo’yicha ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga ko’rsatmalar berildi.

 

                So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram