2021 YILNING 08 SENTYABR KUNI SO’X TUMANI QAL'A MAHALLA FUQAROLAR YIG’INI HUDUDIDAGI 2-SONLI IDUMDA YUZAGA KELGAN JANJALLI XOLAT YUZASIDAN SO’X TUMANI HOKIMLIGINING RASMIY BAYONOTI
2021-09-08 20:17:31 179
Joriy yilning 06 sentyabr kuni So’x tumani Qal'a mahallasida joylashgan 3-sonli UO’TMda “Bilimlar kuni” va “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri o’tkazilyotgan vaqtda janjalli xolat yuzaga kelgan. Ushbu janjalning yuzaga kelishiga asosiy sabab, ota-onalar farzandlarini 3-sonli UO’TMda emas 2-sonli IDUMda o’qishlarini talab qilib borishgan. Shundan so’ng, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur janjalli xolatlar aks ettirilgan videotasvirlarda 3-sonli maktab direktori Gadoyev Rasuljon Axmadbekovich 2-sonli IDUMda nafaqada bo’lgan biroq, oliy toifali va katta tajribaga ega bo’lganliklari uchun mazkur IDUMda faoliyat olib borayotgan yoshi ulug’ o’qituvchilarni o’quvchilar oldida “uyingga borib yotsang bo’lmaydimi, muhitni rasvosini chiqaryapsan” - deb baqir-chaqir qilib, u yerda to’plangan o’qituvchi, o’quvchi va ota-onalar oldida ularning sha'niga xaqoratomuz gap-so’zlarni ishlatib, ularni omma oldida kamsitib, jamiyatda o’rnatilgan tartib-qoidalarni qasddan mensimasdan, IDUM tomonidan tashkil qilingan tartibni tinch o’tishiga to’sqinlik qilgan.
Olingan dastlabki ma'lumotlarga ko’ra, mazkur voqeaning kelib chiqishi xaqiqatdan xam mahallada yashovchi ota-onalar o’z farzandlarini mahallada joylashgan 2-sonli IDUMning birinchi sinfiga olib kelishgan, biroq, 3-sonli UO’T maktabi direktori R.Gadoyev “bu bolalar litseyda emas, balki bizning maktabda tahsil olishlari kerak, chunki 7 yoshga to’lgan bolalar 3-sonli maktab mikrohududida yashab, xatlovdan o’tkazilgan va xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan ERP bazasi bo’yicha 3-sonli UO’T maktabiga kiritilgan” deb iddao qilgan. Lekin tadbirda ishtirok etgan birinchi sinf o’quvchilarining ota-onalari bunga keskin qarshilik bildirib o’tishgan.
Xolat yuzasidan tuman XTB raxbari tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etilib, mazkur maktabda o’rganish ishlari olib borilgan. Maktab direktori u tomondan sodir etilgan noo’rin hatti-harakatlar qonun doirasida ko’rib chiqilishi bo’yicha ogohlantirilgan.
Tuman IIB tomonidan So’x tumani XTB bo’limi rahbari nomiga xolat yuzasidan 2021 yil 07 sentyabr kuni 44/3846-sonli taqdimnoma kiritilgan bo’lib, xozirda tuman XTB raxbari tomonidan mazkur xolat bo’yicha adolatli qaror chiqarilishi bo’yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma'lum qilamiz. Xolat yuzasidan So’x tumani IIB XPMB profilaktika inspektorlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram