Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMAN KENGASHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-09-08 19:16:55    69

PDF yuklash
Chop etish


        Bugun tuman madaniyat markazining majlislar zalida oltinchi chaqiriq xalq deputatlari So’x tuman Kengashining navbatdagi o’ttiz to’qqizinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

        Sessiyani tuman Kengashi raisi, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ochdi va olib bordi.

        Sessiyada tuman hokimining tegishli o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

        Sessiya kun tartibidagi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risida”gi masala yuzasidan tuman hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo’yicha maslaxatchisi I. Ahmadov axborot berdi.

        Tumanimizda tuzilgan 30 ta saylov uchastkalaridagi 376 nafar rais, rais o’rinbosari, kotib va a'zolarini deputatlar sektorma-sektor tavsiya etadilar, tasdiqladilar.

        Kun tartibiga qo’yilgan masalalar yuzasidan deputatlar H.Haydarov va Q.Amirbekov, tuman moliya bo’limi mudiri G’.Melnikovlar muzokaraga chiqdilar. 

        Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

                           So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram