Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SUD-HUQUQ SOHASIDAGI IZCHIL ISLOHLAR: SUD-EKSPERTLIK TIZIMINING TAKOMILLASHTIRILISHI

×

 2021-09-08 17:37:33    211

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6256-sonli Farmonining qabul qilinishi sohada tub borilish yasab berdi.

Farmonga ko’ra, O’zbekiston Respublikasida sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo’ljallangan kontseptsiyasi ishlab chiqilib, 2021-2023 yillarda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan

“Yo’l xaritasi” tasdiqlandi.

Kontseptsiyaning amalga oshirilishi orqali O’zbekistonning xalqaro nufuzli reyting va indekslarda, jumladan, Huquq ustuvorligi indeksi

(The Rule of Law Index) va Korruptsiyani qabul qilish indeksi (The Corruption Perceptions Index)dagi ko’rsatkichlari samaradorligi oshishiga erishiladi.

Mazkur Farmon bilan X.Sulaymonova nomidagi Respublika

sud-ekspertiza markazi tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda

Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi.

Institutning asosiy vazifalari sifatida sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish; davlat va nodavlat sud-ekspertiza muassasasi, tashkilotlariga ilmiy-uslubiy ko’mak berish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta'lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarga uslubiy yordam ko’rsatish; huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlarning malakali sud ekspertiza xulosalariga bo’lgan ehtiyojlarini doimiy ravishda o’rganish orqali sud ekspertizasining yangi turlari hamda uslubiyotlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish bo’yicha takliflar kiritish etib belgilandi.

Shuningdek, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat va nodavlat

sud-ekspertiza tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatga ko’ra shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq, sud ekspertizasi turlari bo’yicha tadqiqot o’tkazish huquqi berildi. Tadqiqot natijalariga ko’ra mutaxassis fikri taqdim etilishi nazarda tutildi.

Iqtisodiy, fuqarolik va ma'muriy ish yuritishda advokatga sudga qadar tayyorgarlik va sud jarayonida ekspert xulosasini sud muhokamasida taqdim etish huquqi asosida davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarida shartnoma asosida advokat so’roviga ko’ra ekspertiza o’tkazish tashabbusi bilan chiqishga ruxsat berildi.

Nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining kasbiy malakasini aniqlash hamda ularning muntazam ravishda bilim

va ko’nikmalarini oshirib borishni ta'minlash maqsadida ularni har

uch yilda bir marotaba attestatsiyadan o’tkazish mexanizmi joriy qilindi.

Bundan tashqari, 2022 yil 1 martdan boshlab sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma'lumotlar aylanishini ta'minlash uchun mo’ljallangan “E-ekspertiza” yagona elektron axborot tizimi ishga tushirilishi belgilandi.

Sud-ekspertiza sohasida dual ta'lim printsipiga muvofiq, bakalavriat yoki magistratura bosqichlarida ta'lim olayotgan davrda shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo’yicha kamida olti oylik ekspertlar tayyorlash kurslarida tahsil olganlarga tegishli sud-ekspertiza faoliyati bilan shug’ullanish uchun sertifikat beriladigan bo’ldi. Bunda, sertifikat egalari nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari yoki davlat sud-ekspertiza muassasalarida faoliyat yuritish huquqiga ega bo’ladi.

Farmonga asosan 2021-2025 yillarda joriy etiladigan ekspertiza

va tadqiqot turlari ro’yxati tasdiqlandi.

Adliya vazirligiga nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatilib, vazirlik tomonidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari, ularning sud ekspertlari va sud ekspertlik tadqiqotlari uslublarining davlat reestrlari yuritiladigan bo’ldi.

Adliya vazirligi markaziy apparatida Sud-ekspertlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo’limi tashkil etildi.

Farmon bilan Adliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tashkil qilinadi.

Sud ekspertizasining muayyan turi bo’yicha uzluksiz ravishda kamida so’nggi uch yil davomida sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirib kelayotgan davlat sud ekspertlari ushbu ixtisoslik bo’yicha qayta tayyorlashdan o’tmasdan, nodavlat sud eksperti sertifikatini olish uchun yakuniy imtihon topshirishga haqli bo’ladi.

Shuningdek, 2021 yil 1 oktyabrga qadar «O’zbekiston sud-ekspertizasi» elektron ilmiy jurnali chop etilishi hamda 2022 yil 1 aprelga qadar

“Sud ekspertizasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

“Sud ekspertizasi to’g’risida”gi Qonunining yangi tahririda nodavlat sud-ekspertlik tashkilotlarining maqomi, ularga qo’yiladigan talablar, ular tomonidan sud ekspertizalari va tadqiqotlarini o’tkazish tartib-taomili hamda ish reglamentlarini belgilash; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan ekspertlar tomonidan mutaxassis fikrini berish; qayta ekspertiza o’tkazish vakolati beriladigan ekspertlar reestrini yuritish tizimini joriy etish; sud ekspertlari tomonidan qasamyod qabul qilish; sud ekspertizasi faoliyatining yanada ishonchliligini oshirish maqsadida akkreditatsiya va validatsiya institutlarini joriy etish; advokatning so’roviga asosan shartnoma asosida davlat va nodavlat

sud-ekspertiza tashkilotlariga ekspertiza tayinlash va ekspertiza xulosasini olish vakolatlarini belgilash; sud ekspertlari faoliyatiga aralashish holatlari uchun jinoiy javobgarlik choralarini belgilash; nodavlat sud ekspertlarining surishtiruv, dastlabki tergov va sud ish yurituvidagi ishtiroki hamda ular vakolatini nazarda tutuvchi o’zgartish

va qo’shimchalar kiritish taklif etiladi.

 

U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

B.Parpiyev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi xodimi 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram