Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 113 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH USTVOR VAZIFALARIMIZDAN BIRIGA AYLANDI 

×

 2021-09-08 17:33:43    180

PDF yuklash
Chop etish


Hozirgi kunga kelib odam savdosi butun insoniyatni tashvishga solib kelayotgan tahdidlardan biriga aylanib ulgurdi.

Odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlarning oshib borishi jamiyatning demokratik negizlariga tajovuz qilishi bilan milliy xavfsizlikka ham tahdid solib turadi.

Shunday ekan, bunday ijtimoiy xavfli qilmishlarning oshib borishi tendentsiyasi dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan global muammo o’laroq transmilliy jinoyatlardan biri sifatida e'tirof etilgan.

O’zbekiston ham o’z xalqining tinchligini, osoyishtalagini saqlash yo’lida ko’pgina samarali ishlar olib bormoqda. Bu borada mamlakatimizda normativ-huquqiy baza yaratildi.

Xususan, Odam savdosiga qarshi kurashishga oid qator xalqaro hujjatlarni, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida”gi Konventsiyasini, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Konventsiyasini to’ldiruvchi “Odam savdosi, ayniqsa, ayollar va bolalar savdosini oldini olish hamda unga chek qo’yish va uning uchun jazolash haqida”gi Protokolni ratifikatsiya qildi, «Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi va xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilishga doir tegishli o’zgartirishlar kiritdi.

2020 yil 17 avgust kuni yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonunida odam savdosi tushunchasi ta'rif berilgan.

Unga ko’ra, odam savdosi - kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, o’g’irlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiiste'mol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun to’lovlar yoki manfaatdor etish evaziga og’dirib olish yo’li bilan odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishdir.

Amaldagi Jinoyat kodeksining 135-moddasida odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan. 

Demak, odam savdosi - masofa va chegara bilmas, noqonuniy qurol-yarog’ savdosi hamda narkobiznes kabi transmilliy jinoyatlar bilan bir qatorda tilga olinuvchi, ayni vaqtda ulardan anchagina xavfli hamda dunyo xalqlarini tashvishga solayotgan jinoyatdir.

Odam savdosi transmilliy jinoyatining oldini olish va unga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlik ahamiyatlidir. Shu bois mamlakatimiz inson huquqlari bo’yicha 60 dan ortiq xalqaro xujjatga qo’shilib, odam savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan ko’pgina shartnomalarni imzolagan. Xususan, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Respublika idoralararo komissiyasi, Birlashgan millatlar tashkiloti YXHT kabi ko’pgina xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish, jabrdiydalarni aniqlash, ularni qutqarish, jinoyat qurbonlarining huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan qator loyihalarni ishlab chiqmoqda.

Qolaversa, bugungi kunda odam savdosi inson, uning huquqlari,

qadr-qimmati, osoyishta hayoti va kelajagiga jiddiy tahdid solayotgan jahon miqyosidagi dolzarb muammoga aylandi. Ushbu global illatga qarshi kurashish yuzasidan mamlakatimizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Achinarlisi, ushbu illatni oldini olishga qaratilgan keng qamrovli huquqiy targ’ibot tadbirlari olib borilishiga qaramay, millionlab insonlar odam savdosi qurboniga aylanmoqda.

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo’yicha milliy komissiya davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organdir.

Milliy komissiyaning qarorlari davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan bajarilishi shart, nodavlat notijorat tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy xususiyatga ega.

Kollegial organga ko’ra, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar samarasi o’laroq odam savdosi bilan bog’liq jinoyatlar sezilarli darajada kamaygan.

Respublika reabilitatsiya markazida odam savdosi jabrdiydalariga tibbiy, psixologik va huquqiy xizmat ko’rsatilib kelinmoqda. Odam savdosi jabrdiydasi bo’lgan shaxslarga zarur konsullik-huquqiy yordami berilib, ularning O’zbekistonga qaytishiga amaliy yordam ko’rsatilmoqda.

Shuningdek, odam savdosi jabrlanuvchilarining huquq

va manfaatlarini himoya qilish, ularni Vatanga qaytarish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlarining huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik yo’lga qo’yilgan.

Xulosa o’rnida shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, odam savdosi faqatgina O’zbekiston Respublikasining muammosi sifatida qarashimiz noto’g’ri bo’ladi.

Odam savdosiga qarshi kurash borasida aholining turli qatlamlariga odam savdosi kabi illatning salbiy oqibatlari to’g’risida targ’ibot

va tashviqot ishlarini olib borish ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish asosiy vazifalardan biridir.

Chunonchi, joylardagi sudlar tomonidan odam savdosidek illatning ildizini quritishga qaratilgan targ’ibot tadbirlari muntazam ravishda o’tkazib kelinmoqda.

 

U.Ergashev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi raisi

B.Parpiyev - Rishton tumanlararo iqtisodiy sudi xodimi 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram