TASHRIF SAMARALI O’TDI
2021-08-27 09:24:59 193
Respublikamizda aholi bandligini ta'minlash, yoshlar va xotin-qizlarga munosib ish joyi yaratish, o’zini o’zi band qilish orqali ularning daromad manbaiga ega bo’lishlari bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday islohotlar samarasi o’laroq, bugun “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarimiz jamiyatda o’z o’rinlarini topishga erishmoqda. Bunda fuqarolarimizga subsidiya asosida berilayotgan asbob-uskuna va mehnat qurollari katta ahamiyatga ega ekanligini o’zini amalda isbotladi.
Aytish mumkinki, So’x tumaniga tashrif buyurgan Respublika ishchi guruhi vakillari bu yo’nalishda arzirli ishlarni amalga oshirishdi. Hududlarda ishchi guruh vakillari, ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinichi o’rinbosari Erkin Madorbekovich Muhiddinov ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ayni shu dolzarb masalalar muhokama etildi. Natijaga erishish uchun qanday amallarni ijro etish, nimalarga e'tibor berish bo’yicha fikrlar almashildi.
- Darhaqiqat, So’x tumani o’zining alohida xususiyatga ega bo’lgan tuman hisoblanadi. Tumanda ishlab chiqarish korxonalarining soni kam bo’lganligi bois, biz yoshlarimiz va xotin-qizlarimiz bandligini ta'minlashga qaratilgan tizimli ishlarni amalga oshirishni maqsad qildik. Barchamizga ma'lumki, har bir yosh fuqaro uchun bugun kasb tanlash imkoniyati berilgan va buning uchun barcha hududlarda kasbga o’qitish o’quv markazlari ochilgan va bu yo’nalishda So’x tumanidan ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilgani ma'lum bo’ldi. Endi biz har bir sertifikatga ega bo’lgan fuqarolarimizga subsidiya asosida mehnat qurollari beramiz va yoshlarimizning shu orqali bandligi ta'minlanadi, - deydi biz bilan suhbatda Erkin Muhiddinov.
Aytish lozim, joriy yilning 24 iyul kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Baxtiyorovich Husanov ishtirokida So’x tumani yoshlari bilan onlayn tarzda davra suhbati o’tkazilgan edi. Davra suhbatda 18 nafar yoshlar murojaat etib, ularning barcha murojaatlari ijobiy hal etildi. So’xlik yoshlarga subsidiya asosida vazirlik tomonidan 4 ta motokultivator, 4 ta tikuv mashinasi, 2 ta 1 sotixli va 1 ta 0,5 sotixli issiqxona, ayollar saloni jihozlari, kompyuter jihozlari va jamlanmalari, 1 ta inkubator jihozi, 1 ta avtomobil yuvish jihozi, 1 ta sug’orish vositalari yetkazib berildi. Bu e'tibor albatta, har bir So’xlik yoshni tadbirkorlikka bo’lgan mehrini uyg’otdi desak, aslo mubolag’a emas.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o’rinbosari tashrifi chog’ida ham sektorlar kesimidagi sertifikatga ega bo’lgan yoshlar va xotin-qizlarga subsidiya asosida mehnat qurollari berildi. Mahallalarda yangi o’quv markazlari tashkil etiladigan bo’ldi. Qo’yida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o’rinbosari tashabbusi bilan amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bilan tanishtiramiz.
Tumanda tibbiyot sohasida o’rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar ko’pligini xisobga olib, 2021 yil 1 sentyabridan xar bir mahalla fuqarolar yig’inlariga nochor, bokuvchisini yo’qotgan, qariyalar, bemorlarga xizmat ko’rsatish maksadida jamoatchi tibbiy xodim sifatida 27 ta mahalla hududidan tibbiy malakaga ega mutaxassislarni jalb qilish taklifi berildi.
Binoan, 2021 yil 1 sentyabrga qadar har bir mahallaga 1 nafardan 27 nafar tibbiy xodim sifatida jamoat ishiga jalb etiladi va buning uchun 69,7 mln.sum qo’shimcha smeta mablag’i ajratilishi yuzasidan buyurtmalar berildi.
Hushyor mahalla fuqarolar yig’ini hududida tadbirkor Ashurov Farruxjon bilan suhbat o’tkazildi. Tadbirkorga atlas, adras tikuv-tuquv ishlab chikarish kooperatsiyasi tashkil etish hamda kooperatsiyaning har bir a'zolariga subsidiya mablag’lari ajratish taklif etildi.
Tadbirkor Ashurov Farruxjon tomonidan tikuv-tuquv ishlab chikarish kooperatsiyasi tashkil etishi ma'qullandi hamda yangi tashkil etiladigan kooperatsiyaga jalb etish maqsadida 40 nafar ishsiz xotin-qizlar ruyxati shakllantirildi.
Hushyor mahallasi “Adiri bolo” ko’chasida yashovchi fuqaro Sharipova Muhibaxon tikuvchilik kursi tashkil qilish to’g’risida murojaat etdi. Fuqaro Sharipova Muhibaxonning uyiga borib o’rganildi, ularga hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida ustoz-shogird sifatida o’quv kurslari tashkil etish taklifi berildi.
Hushyor mahallasi hududida tashkil etilgan o’quv kurslari tinglovchilari bilan so’hbat o’tkazildi. Ulardagi mavjud muammolar o’rganildi. O’quv kursini tamomlagan, sertifikati mavjud, 10 nafar ishsiz xotin-qizlarga tikuv mashinasi xamda 5 nafariga pishiriq pechi subsidiya sifatida ajratish taklif etildi. Shu kuni 4 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi, 2 nafariga pishiriq pechi subsidiya orqali beridi.
Qal'a mahallasi hududidagi ishsiz xotin-qizlar bilan so’hbat o’tkazildi. Mahalla fuqarolar yig’ini binosida mahalla raisining o’rinbosari K. Madaliyeva tomonidan o’quv maskani tashkil etish taklif etildi. Fukaro Madaliyeva Xushnudaning hujjatlari ushbu maskanga tikuvchilik yunalishida ustoz sifatida qabul qilib olindi hamda 15 nafar ishsiz xotin-qizlar ruyxati shakllantirildi. O’quv maskaniga 5 ta tikuv mashinasi ajratilishi rejalashtirildi.
Ishsiz ayollar va xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida 4-sektor hududidagi Guliston mahalla fuqarolar yig’inida joylashgan kasb-hunar maktabida ham tikuvchilik, pishiriqchilik o’quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, ushbu yo’nalishlarda hududda istiqomat qiladigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar jalb etilgan. Bandlik va mehnat vazirligi tomonidan ushbu maskanga jami 4 ta tikuv mashinasi, 1 ta elektropech hamda pishiriqchilik uchun zaruriy mahsulotlar yetkazib berildi. Yaqin kunlarda bu maskanda kompyuter savodxonligi, rus tilini o’rgatish kurslari va sartaroshlik o’quv kurslari ham ish boshlaydi.
Tumanning 1-sektor binosida ham pishiriqchilik, tikuvchilik o’quv kurslari tashkil etilgan bo’lib, bu o’quv kurslarida 44 nafar xotin-qizlar kasb-hunar o’rganishadi. Aytish mumkinki, tumanimizda bu yo’nalishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.
Mehmonlarning navbatdagi manzili aynan ushbu sektorda tashkil etilgan o’quv kurslari bo’ldi. Xotin-qizlar bilan bo’lib o’tgan uchrashuv va so’hbat chog’ida xotin-qizlar bandligini ta'minlash buyicha kooperativlar tashkil etish, kasb-hunarga o’qitish, subsidiya turlari, mehnat migrantlariga bo’lgan imtiyozlar to’g’risida tushuntirishlar berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ushbu o’quv maksaniga 8 ta tikuv mashinasi taqdim etildi. Tikuvchilik yunalishidagi o’quv kursiga ustoz sifatida fuqaro Ismoilova Mukarramxonning hujjatlari rasmiylashtirildi.
Tuman hokimligida Hushyor mahallasida yashovchi xotin-qizlarga ham tantanali tarzda tikuv mashinalari va mini pechlar taqdim etildi. Endilikda ushbu mehnat qurollari bilan bu xotin-qizlar daromad olish manbaiga ega bo’ldilar.
Aytish mumkinki, uch kun davom etgan tashrif samarali o’tdi va ishsiz sifatida bo’lgan yoshlar va xotin-qizlarning xursandchiligiga sabab bo’ldi. “Ish mehnating soz bo’lsa, mashaqqatin oz bo’lur” deiyshgan dono xalqimiz.
- Darhaqiqat, shu kunlar davomida So’x tumanida ishsizlik darajasini kamaytirish, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta'minlashga qaratilgan ishlarning mantiqiy davomini ko’rdik. Zotan, qilinayotgan barcha ishlar, islohotlar samarasi, berilayotgan e'tibor zamirida xalqimizning manfaati mujassam. Endilikda biz yoshlarimizning bandligini ta'minlash bilan bir qatorda ularning oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olishlariga ham alohida e'tibor berishimiz lozim. Bizning yoshlar eng avvalo, xorijiy tillarni o’rganishlari kerak. Buni men Rossiya Federatsiyasidagi bir qator oliygohlarning O’zbekistondagi vakili sifatida alohida ta'kidlamoqchiman. Qilingan say-harakatlarimiz samarasi o’laroq, bu yili So’x tumanidan Rossiyaning Ivanovo shahridagi oliygohga ikki nafar talaba kirishga muvaffaq bo’lishdi. Kelajakda bu ko’rsatkichni ko’paytirishga astoydil harakat qilishimiz lozim. Uylaymanki, bu galgi So’x tumaniga qilgan safarimiz o’zining ijobiy natijasini berganligi bilan ham ahamiyatlidir, - dedi biz bilan suhbatda demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, yuridik fanlari nomzodi, guruh rahbari Sayyora Xodjayeva.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram