KORRUPTSIYA - BALO
2021-08-19 17:36:14 129
Tuman madaniyat bo’limining majlislar zalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida yig’ilish o’tkazildi. Belgilangan tartib-qoidalarga rioya etgan holda tashkil etilgan bu uchrashuvda korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi. Kun tartibidagi asosiy masala korruptsiyaga qarshi kurash, turli xildagi tamagirliklarga yo’l qo’ymaslik, zimmmadagi mas'uliyat va vazifalarni mas'uliyat va halollik bilan bajarish, samarali faoliyat evaziga xalqni rozi qilish va paydo bo’layotgan har xil mish-mishlarga barham berishdan iborat edi. Tuman hokimi Respublikamizda davlatimiz rahbari boshchiligida korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, biroq joylarda nafs qo’liga aylanib qolayotgan ba'zi bir rahbalarning borligi va ularning qilmishi, pora olish va pora berish kabi jinoyatlar uchrayotganligi hammani sergak totishga, ogoh bo’lishga chorlayotganini ta'kidlab o’tdi.
- Bu yo’nalishda Prezidentimiz rahnamoligida birtanu birjon bo’lib, halol va pok faoliyat olib borishimiz lozim. Agar bunday holatlar aniqlansa, bizni hech kim hech qachon kechirmaydi. Tumanimizda ham ba'zi bir korxona-tashkilotlar faoliyati bo’yicha bizda tezkor ma'lumotlar bor. Bunga biz jim qarab turmasligimiz kerak. jamoat nazoratini kuchaytirishimiz, rahbarlar faoliyatiga xolis baho berishimiz lozim. Agar qonuniy jihatdan kamchiliklar aniqlansa, buning yechimi va hal etilishi bo’yicha tegishli idoralar shug’ullanishini yana bir karra ta'kidlamoqchiman, - dedi tuman hokimi uchrashuv davomida. Yig’ilish davomida ba'zi korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho bergan tuman hokimi har bir jinoyatga qonun ustuvor va jazo muqarrarligini qayd etib o’tdi. Yig’ilish davomida ishtirkochilar ham bu masala yuzasidan o’zlarining fikr-mulohazalarini bayon etdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram