Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 282 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HALOL MEHNATNING MUNOSIB E'TIROFI

×

 2021-08-19 17:33:15    126

PDF yuklash
Chop etish


        So’x televizion studiyasi nafaqat tumanda, balki viloyat va Respublika miqyosida ham o’zining alohida o’rni va mavqeiga ega bo’lgan jamoa hisoblanadi.

        1999 yilning dekabr oyida tashkil etilgan mazkur televizion studiya ayni kunda O’zbekiston Respublikasi Milliy teleradiokompaniyasi, Farg’ona viloyati teleradiokompaniyasining mustaqil a'zosi sanaladi. Studiya ijodiy va texnik xodimlari tomonidan yaratilayotgan tezkor xabar, lavha va reportajlar Milliy teleradiokompaniya tizimidagi barcha telekanallar orqali namoyish etilishi So’x TV ning obru-nufuzini oshirishiga xizmat qilmoqda.

        - Bizning asosiy maqsadimiz xalqimizga har bir o’zgarish va yangiliklarni yetkazib berish, muhtaram Prezidentimizning So’x tumaniga berilayotgan e'tiborini O’zbekiston ahliga tezkorlik bilan yetkazish va albatta, xalqimizga sidqidildan xizmat qilish hisoblanadi, - deydi So’x TV guruh rahbari, Farg’ona viloyat teleradiokompaniyasi bosh muharrir o’rinbosari, "Oltin qalam" sohibi, 2021 yilning "Eng faol jurnalisti" nominatsiyasi sovrindori Farhodjon Mirsharipov.

        Aytish lozimki, So’x TV hamisha Milliy Teleradiokompaniya va bevosita ushbu tizim rahbari A. D. Xadjayev e'tiboridadir. Chunki faoliyatini bir dona mikrofon va bir dona videokamera bilan boshlagan bu jamoa ayni kunga kelib, berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, o’zining ko’chma televizion studiyasi, zamonaviy videoapparaturalariga egadir. Studiyaning moddiy-texnik bazasi salkam bir milliard so’mni tashkil etadi. Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning tashabbusi va e'tibori tufayli studiya bino-xonalari ta'mirlanib, yangi qiyofaga ega bo’ldi. Bugun tuman studiyasi ijodkorlariga viloyat hokimining sovg’asi - yangi "DAMAS" avtomashinasi taqdim etildi. Taqdimot marosimida qatnashgan viloyat hokimi o’rinbosari J. M. Hatamov, So’x tumani hokimi S. Sayidmusayevlar So’x TVning jonkuyar ijodkorlari haqida samimiy gapirib, boshlagan marrani yanada yanada kengroq olib, samarali faoliyat olib borishlariga ishonch bildirishdi. So’x TV jamoasini chin dildan tabriklab, mas'uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan zafar va muvaffaqiiyatlar tilab qolamiz! Tabriklaymiz, buyursin! So’x TV ijodkorlariga ijodiy barkamollik va omad tilaymiz!

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram