Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA HAM BO’LG’USI TALABALAR UCHUN TEST IMTIHONI TOPSHIRISH JARAYONLARI BOSHLANDI

×

 2021-08-12 18:11:37    45

PDF yuklash
Chop etish


     So’x tumani yoshlariga berilayotgan e'tibor samarasi o’laroq, mana ikki yildirki, Respublikamiz oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar tumanimizning o’zida imtihon topshirishmoqda. Bugun ertalab, soat 6-00 dan 1-sonli UO’T maktabning hovlisi odam bilan to’la. Ko’zlarida “oliy ta'lim maktabi talabasi bo’laman” degan orzu chaqnab turgan yosh yigit-qizlar qator bo’lib, navbat kutishmoqda. 

Ertalabki soat 7-00. Ayni shu belgilangan vaqtdan boshlab, butun Respublikamida bo’lgani kabi So’xlik abituriyentlar uchun ham test imtihonlari topshirish jarayonlari boshlandi. O’rnatilgan tartibda har bir abituriyent tekshiruvdan o’tkazilib, yangi tibbiy niqob, shapka va ruchkalarni olgan holda maydon uzra terilgan stollardan joy egallashdi. Test topshirish jarayonlari boshlandi. Test imtihonlari topshirilishida adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida imtihon bo’layotgan hududga 22 ta ko’zatuv kameralari o’rnatilgan. Test imtihonlarini topshirish jarayonlari bevosita So’x tumanida bo’lib o’tayotgani ham So’xlik talabalarga berilgan katta imkoniyatdan nishona. Test topshirish jaaryonlarini ota-onalar ham o’zlarinng mobil aloqa vositalari, ya'ni telefonlaridan test2021.uz havolasi orqali tomosha qilishga muvaffaq bo’lishadi. Bugun ikki smenada - soat 7-00 va 17-00 da test topshirish jarayonlari bo’lib o’tadi. Birinchi smenada 360 nafar abituriyentlar imtihon topshirishadi. Darvoqe, bir nafar abituriyentda koronavirus infektsiyasi aniqlangani bois, o’rnatilgan tartibda bo’lg’usi talaba 14 kundan keyin imtihon topshiradi.

Barcha So’xlik abituriyentlarga omad va zafarlar tilaymiz. Bizni kuzatishda davom eting.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram