18 NAFAR SO’XLIK YOSHLARGA O’ZINI O’ZI BAND QILISH MAQSADIDA ASBOB-USKUNA VA DASTGOHLAR YETKAZIB BERILDI
2021-08-12 18:03:42 170
Respublikamizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvatlash va ularning bandligini ta'minlashga qaratilgan e'tibor bugun o’zining ijobiy natijalarini berayotir. Bu yo’nalishda olis So’x tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xabaringiz bor, joriy yilning 24 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Baxtiyorovich Husanov So’x tumani yoshlari bilan onlayn muloqot qilib, tuman yoshlarini qiynayotgan muammolarni o’rganib, mavjud muammolarni yechimi bo’yicha o’zining tavsiyalarini bergan edi.
Jumladan, onlayn muloqot davomida So’xlik 18 nafar yosh yigit-qizlar, doimiy ish joyi bilan ta'minlash, daromad manbai yaratib berish, o’zini o’zi band qilish masalalarida murojaat etishgan. Bugunga kelib, barcha murojaatlar hal etildi. Tuman yoshlariga tadbirkorlikni rivojlantirish, o’zini o’zi band qilish maqsadida turli xil asbob-uskuna va dastgohlar yetkazib berildi.
Shohzodjon Qayumjonov onlayn-muloqot jarayonida motokultivator so’ragan edi. Endilikda Shohzodjon kabi yana 17 nafar So’xlik yoshlar berilayotgan e'tibor tufayli bugun o’zlarining daromad manbalariga ega bo’lishdi.
Taqdimot marosimida ishtirok etgan Respublika vakillari va tuman hokimi So’x Sayidbahrom Sayidmusayev tumani yoshlariga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor zamirida ularning manfaatlari mujassamligini ta'kidlab, bunday rag’bat va e'tibor har doim o’zining mantiqiy davomini topishi va yoshlarimiz manfaatiga xizmat qilishini qayd etishdi. Shu kuni So’x tumani yoshlariga 4 ta motokultivator, 4 ta tikuv mashinasi, 2 ta 1 sotixlik va 1 ta 0.5 sotixlik issiqxona, ayollar saloni jihozlari, 1 ta kompyuter jihozlari, inkubator, avtomobil yuvish jihozlari va sug’orish vositalari taqdim etildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram