ERTANGI TEST IMTIHONI JARAYONLARIGA OXIRGI TAYYORGARLIK ISHLARI QANDAY?
2021-07-26 21:18:28 115
Ayni damda 1-sonli UO’T maktabida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev boshchiligida tumandagi korxona-tashkilot rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazilmoqda. Uchrashuvdan asosiy maqsad ertangi Prezident maktabiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun tashkil etiladigan test imtihonlarini uyushqoqlik bilan o’tkazishdan iborat, Tuman hokimi bu bo’yicha barcha mutasaddilarga kerakli topshiriq va ko’rsatmalar berdi.
Respublika Prezident ta'lim muassasalari Agentligining iqtidorli yoshlarni tanlab olish bo’limi boshlig’i Sherzod Xudoyqulovning ma'lumotiga ko’ra, ertaga imtihon jarayonlari ob-havo holatini inobatga olgan holda soat 19-00 da boshlanadi. Imtihonga kech qolgan talabalar hududga kiritilmaydi. Ommaviy axborot vositalari xodimlari va rasmiy saytlar vakillari imitihon boshlangunga qadar tasvirga olish yoki hududni suratga olish imkoniyatiga tega bo’lishadi. Ruyxatdan o’tmagan blogerlarga material tayyorlash uchun hududga kirish taqiqlanadi.
Imtihon jarayonlari 1 soat davom etadi. Ota-onalar va talabalar bilan birga kelgan fuqarolar test jarayonini "test2021.uz" ilovasi orqali qo’l telefonlaridan bevosita onlayn tarzda tomosha qilishlari mumkin. Maydonda jami bo’lib adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida "O’ztelekom" Farg’ona viloyati bo’limi xodimlari tomonidan 20 ta videokamera o’rnatilgan.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram