Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARIMIZDA NIMA GAPLAR?

×

 2021-07-25 12:18:45    172

PDF yuklash
Chop etish


        Farg’ona viloyati hokimining o’rinbosari, mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Bahodir Xoliqov mahalla tizimida amalga oshirilayotgan islohotla bilan tanishish maqsadida So’x tumaniga tashrif buyurdi.

        Tashrif avvalida viloyat hokimi o’rinbosari tuman soha mutasaddilari bilan mahallalarda bo’lib, hudulardagi aholi bilan uchrashdi, ularning muammolarini o’rgandi. Zotan, davlatimiz rahbari raisligida joriy yilnin 23 iyul kuni bo’lib o’tgan hukumat videoselektor yig’ilishida ayni shu masala -  aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilingan edi. O’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlarni, ya'ni odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning o’zida bartaraf qilish kerakligi ta'kidlaganidek, Sohibkor mahalla fuqarolar yig’ini Sohibkor ko’chasi 89-uyda yashovchi Abdullayeva Hidoyatxonning uy-joy bilan ta'minlash mazmunidagi murojaati joyida o’rganib chiqildi. O’rganish davomida Abdullayeva Hidoyatxonga tumanda yangi qurilayotgan namunaviy ko’p qavatli uylardan subsidiya asosida uy-joy olish taklifi berildi. Shuningdek Abdullayeva Hidoyatxonning bandligini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

     Shuningdek, viloyat hokimi o’rinbosari ishtirokida 1-sektor hududidagi kam ta'minlangan, ijtmioiy ko’makka mo’htoj, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”dagi fuqarolarga “Saxovat va ko’mak” jamg’armasi hisobidan bir martalik moddiy yordam sifatida pul mablag’lari yetkazib berildi. 

     Barchamizga ma'lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 avgustdagi “2020-2021 yillarda Farg’ona viloyatining So’x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4798-sonli qarori asosida tumanimiz hududida mahallsha xizmat uylarini qurish rejalashtirilgan bo’lib, ushbu yo’nalishda ham So’x tumanida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Viloyat hokimi o’rinbosari hududlarda fuqarolar yig’ini uchun xizmat binolarini qurish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ma'lumot uchun: mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida So’x tumanida 4 ta mahalliy byudjet hisobidan, 3 ta davlat xususiy sherikchilik asosida 1 ta homiylik, hashar yo’li bilan mahalla fuqarolar yig’ini binolari qurilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunga kelib, Sebzor mahalla fuqarolar yig’inida mahalla xizmat uyi foydalanishga topshirilgan. Hushyor, Qal'acha, G’aznov, Sohibkor, Tul mahalla fuqarolar yig’inlarida esa, bu jarayon jadallik bilan davom etmoqda.  

        Tuman hokimligi majlislar zalida Bahodir Xoliqov tumanning mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirokidagi uchrashuvda muhtaram Prezidentimizning aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo’yicha o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar borasida to’xtalib, tizimda mavjud kamchiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirdi. Mahallarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog’lomalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini amalda tatbiq etish, o’sib kelayotgan barkamol avlod ta'lim-tarbiyasiga befarq bo’lmaslik, mahalla tizimining boshqa sohalar bilan o’zaro mustahkam hamkorligini yo’lga qo’yish, aholi murojaatlari bilan ishlashda, eng avvalo mas'uliyat bilan yondoshib, har bir murojaat yechimi bo’yicha manzilli ishlarni tashkil etish, “Mahallabay” tizimi asosida aniqlangan har bir muammo yuzasidan hamkorlik asosida ularning yechimi bo’yicha amaliy ishlarni tashkil etish bo’yicha barcha mutasaddilarga kerakli ko’rsatmalar berildi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram