Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TABIIY OFAT OQIBATLARI BARTARAF ETILADI

×

 2021-07-21 11:50:28    39

PDF yuklash
Chop etish


     O’tayotgan yilning yoz fasli turli tabiiy ofatlar orqali har birimizning yodimizda qolishi aniq. Chunki hafta davomida yog’ingarchilik tufayli tumanimizning Hushyor sel yo’lida ikkinchi marta suv toshqini yuzaga keldi.

        Mutaxassislarning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, 20 iyul kuni qo’shni Qirg’iziston respublikasi Batken viloyati Batken rayoni tog’ va tog’oldi hududlarida kuchli jala-yomg’ir yog’ishi natijasida soat 15-30 larda So’x tumani Hushyor asosiy sel yo’li bilan 150 m3/sek tezligida sel kelib, So’x duryosiga qo’yildi. Natijada sel toshqinlari sel yo’lining burilishlaridan toshib chiqib, qirg’oqlarda joylashgan 5 nafar fuqaro xonadonining hovilisiga kirib, undagi ekin maydonlar, molxona va boshqa yordamchi binolariga qisman zarar yetkazgan. Sel toshqini davrida Hushyor asosiy sel yo’li tubidagi beton qoplamalarni upirib, yuvib ketgan. 

        Chamasi soat 16-05 larda Hushyor 4-sel yo’li bilan 6-7 m3/sek. tezligida sel kelib, sel yo’lidagi beton qoplamalarni o’pirilgani aniqlangan.

        Vujudga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish maqsadida tuman hokimi boshchiligida tumandagi tegishli korxona tashkilot vakillaridan iborat 21 nafardan iborat ishchi guruh tashkil etilib, voqea joyiga hozir bo’lishdi. Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida barcha texnikalar safarbar etildi. Tuman hokimi topshirig’i asosida voqea joyida navbatchilik tashkil etilgan.

        Eslatib o’tamiz, 2021 yilning 6 iyul kuni yuzaga kelgan suv toshqini natijasida ham ba'zi fuqarolar hovlilariga zarar yetgan va viloyatdan kelgan soha mutaxassislari tomonidan sel yo’lini kengaytirish va rekonstruktsiya qilish bo’yicha loyiha tayyorlash yuzasidan hujjatlar ramiylashtirilishi ta'kidlangan edi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram