Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOSILDAN BO’SHAGAN YERLAR YOSHLARGA BERILMOQDA

×

 2021-07-13 14:30:27    76

PDF yuklash
Chop etish


     Tumanda boshoqli don ekinlaridan bo’shagan yer maydonlarini peshma-pesh shudgor qilinib, fuqarolarga ekin ekish uchun ajratib berish ishlari amalga oshirilmoqda. 

        G’alladan bo’shagan yer maydonlarga takroriy ekin sifatida 40 gektarga dukkakli ekinlar, 80 gektarga sabzavot hamda 210 gektar yer maydonga ozuqa ekinlar ekilishi rejalashtirilgan bo’lib, shundan “Ozod” shirkat xo’jaligi hisobiga 152 gektar, “So’x” shirkat xo’jaligi hisobiga 127 gektar hamda “Hushyor” shirkat xo’jaligi hisobiga 51 gektar yer maydonlari to’g’ri keladi.

        Tumanda 2021 yilda g’alladan bo’shagan maydonlarga qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish, ishsiz fuqarolarga yer maydonlarini bo’lib berish orqali jami 1 401 nafar fuqarolarga 201 gektar yer maydonlarini ajratib berish belgilangan bo’lib, shundan 269 nafar doimiy mexnat bilan band bo’lmagan fuqarolarga 67. 3 gektar, 118 nafar "Temir daftar"ga kiritilgan fuqarolarga 29, 5 gektar, 327 nafar "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlarga 65. 0 gektar, 300 nafar maktab bitiruvchilariga 45. 0 gektar, 128 nafar "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarga 33. 5 gektar, 259 nafar fermer xo’jaligi ishichilariga 90. 0 gektar yer maydonlari ajratib berilib ularning bandligini ta'minlashga erishiladi, - deyiladi tuman hokimi o’rinbosari Muslimbek Mavlonbekovning bizga bergan ma'lumotida.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram