TABIIY OFAT OQIBATLARI BARTARAF ETILMOQDA
2021-07-07 15:46:20 129
Joriy yilning 06 iyul kuni chamasi soat 1600 larda qo’shni Qirg’iziston Respublikasi Botken oblasti Botken rayonining tog’li xududlarida kuchli jala-yomg’ir yog’ishi natijasida soat 17:30 larda So’x tumani Hushyor mahalla fuqarolar yig’inidagi “Hushyor asosiy ” sel yuli orqali 80-90 m3/soniya tezligida sel kelib, So’x daryosiga qo’yildi. Natijada sel toshqinlari sel yo’lining burilishlaridan toshib chiqib, kirg’oqlarda joylashgan 7ta xo’jalikning hovlilardagi ekin maydonlari, molxona va boshqa yordamchi binolariga kirganligi aniqlandi.
Shuningdek, sel oqimlari “Hushyor asosiy” sel yulida olib borilayotgan rekonstruktsiya ishlariga zarar yetkazgan. Sel yulining o’ng qirg’og’ida joylashgan Hushyor 3-A bosqich nasos stantsiyasi zaliga sel suvlari kirib, nasos agregatlari suv ichida qolgan. Tabiiy ofat “Hushyor asosiy” sel yo’li chap qirg’og’idagi xizmat ko’rsatish yulini yuvib zarar yetkazgan.
“Hushyor asosiy ” sel yo’li orqali kelgan suv toshqini Sux daryosiga qo’yilgan qismida daryo suvlari dimlanib, Xushyor nasos stantsiyasi I-bosqich mashina zali suvga to’lgan va shu sababli stantsiyadagi 6 ga nasos agregatlari suv ostida qolgan.
Shu vaqtning o’zida “Hushyor asosiy” sel yo’li boshlang’ich qismidagi chap qirg’og’ida joylashgan 10ta xo’jalikning hovlilardagi ekin maydonlari, molxona va boshqa yordamchi binolariga ham sel suvlari kirgan. Bu hududda 1.5-2 m3/soniya tezlikda sel suvlari oqib o’tgan.
Sel toshqinlari keltirilgan zararni aniqlash va oqibatlarini bartaraf etish uchun tuman hokimi boshchiligida ishchi guruh tashkil etilib o’rganish ishlari olib borilmoqda, - deya xabar bermoqda tuman FV bo’limi boshlig’i J . Jalolov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram