Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’X TUMANIDA BIR KUNDA UCHTA OILAVIY-NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-07-05 16:01:20    231

PDF yuklash
Chop etish


        Barkamol avlod tarbiyasiga davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan e'tibor bugun viloyatimizning eng chekka tumani - So’xda o’z samaralarini bermoqda. - Ayni kunda tumanimizda asosiy e'tibor maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini ko’paytirishdan iborat. Mana bugun ham tumanimizning Yangiariq, Navobod va Guliston mahalla fuqarolar yig’inlarida uchta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti o’z ishini boshladi. Yil oxirigacha tumanimizda Davlat dasturi asosida yana ikkita davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti qurib, foydalanishga topshiriladi, - deydi biz bilan so’hbatda tuman MTT bo’limi mudiri Gulnozaxon Usmonova. Yangiariq mahalla fuqarolar yig’inida ochilgan "Dilyora" oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tashabuskor tadbirkor Dilrabo Qoziyeva tomonidan tashkil etilgan bo’lib, 25 nafar bolajonlarni o’z bag’riga olgan.

        "SMART KIDS" oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti Navobod mahallasida joylashgan. Tashkilot tadbirkor Zarrina Muhiddinova tomonidan tashkil etilgan va ayni damda bu tashkilotda 25 nafar barkamol avlod vakillariga 3 nafar malakali mutaxassisalar tarbiya berishadi.

        - "Sardor" deb nomlangan maktabgacha ta'lim tashkilotimizda ayni kunda 25 nafar Guliston mahallasida yashovchi aholi farzandlari tarbiya olishadi. Ota-onalar talab va istaklarini inobatga olgan holda kelajakda tashkilotimiz faoliyati va bolalar qamrovini kengaytirmoqchimiz va buning uchun bizda barcha shart-sharoitlar mujassam, - deydi mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti tashabbuskori Maxsuda Mirzayeva. Shunday qilib, So’x tumanida bir kunda 3 ta oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Bu MTTlarga bolalar qamrovi 75 taga va ish joyi bilan ta'minlanganlar soni 9 taga ko’paydi deganidir.

Tadbir davomida ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot anjumani o'tkazildi.


                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram