Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 46 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

CHASHMADA OILAVIY-NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI ISH BOSHLADI

×

 2021-06-24 18:55:09    134

PDF yuklash
Chop etish


        Aytish lozimki, tumanimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovini ko’paytirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman maktabgacha ta'lim tashkiloti bo’limi mudiri Gulnozaxon Usmonovaning ma'lumotiga ko’ra, ayni kunda bu ko’rsatgich tuman bo’yicha salkam 60 foizni tashkil etadi. Biroq, ba'zi mahallalarda bu ko’rsatgich eng past foiz darajasida qolmoqda va bunga Chashma mahalla fuqarolar yig’ini ham kiradi. Bu bo’yicha Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputati Kamoliddin Azizov ham bir necha marotaba tegishli idoralarga murojaat etgan va ushbu muammoni hal etish bo’yicha ishlar ham olib borilayapti. Asosiysi, mahallada bu muammoni hal etish yo’lida birinchi qadam qo’yildi. 

        Mahallada tashabbuskor tadbirkor ayol Zuhroxon Abdurahimova say-harakatlari bilan "Shohona" oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ish boshladi va muassasani foydalanishga topshirish marosimida qatnashgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va viloyat AT "Xalq Bank"i boshqaruvchisi mahalla ahlini bu shodiyona kun bilan tabriklab, bu yo’nalishda mahallada hali tizimli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgani haqida to’xtalib o’tdilar. 

        Mazkur muassasada 25 nafar bolajonlar tarbiya olishadi va eng asosiysi, 3 nafar xotin-qizlar bandligini ta'minlashga ham erishilgan. Tadbirkor muassasani kengaytirish niyati bor va bu bo’yicha tuman MTT bo’limi tomonidan amaliy ko’mak ko’rsatiladi. Shunday qilib, tumanimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni yana bittaga ko’paydi.

                  So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram