YOSHLAR BANDLIGINI TA'MINLASH YO’LIDA
2021-06-22 18:28:39 117
Yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan islohotlar samarasi o’laroq, viloyatimizning eng chekka tumani – So’xda ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” dagi fuqarolarga, ayniqsa, doimiy ish joyiga ega bo’lmagan uyushmagan yoshlarga berilayotgan turli xil asbob-dastgohlar va boshqa moslamalar ularning haqli ravishdagi minnatdorchiligiga sabab bo’layotir. Yoshlarni mehnat qilishga jalb etish ularning daromad manbaiga ega bo’lishlariga qilinayotgan harakatlar zamirida ham inson manfaati mujassam.
O’tgan yili tumanda asalarichilikni rivojlantirish maqsadida “Shifo asal” asal ishlab chiqarishga ixtisosolashtirilgan kooperatsiyasi tashkil etilgan edi va ushbu kooperatsiya tomonidan ishsiz bo’lgan yoshlarga asalari berilayotir. “Shifo asal” kooperatsiyasi rahbari Shuhrat Erdashovning ma'lumotiga ko’ra, bandlik jamg’armasi toomnidan 122 million 500 ming so’m mablag’ ajratilgan bo’lib, ushbu mablag’ evaziga 100 qutti asalari tayyorlanib, kooperatsiya mutasaddilari va tuman bandlikka ko’maklashish markazi tomonidan 50 nafar yoshlarga tarqatib berildi.
Asalarilarni yetkazib berish barobarida yoshlarga uni parvarishlash yo’li va usullari ham o’rgatilayapti.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram