SO’XDA BIR KUNDA IKKITA OILAVIY-NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
2021-06-19 16:09:40 122
Ayni kunda tumanimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga umumiy qamrov holati 60,2 foizni tashkil etadi. Shundan 24-ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 3744 nafar, 28 –ta oilaviy- nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 700 nafar bolajonlar tarbiya olishadi. Hududdagi 3-7 yoshlar bolalar soni 7330 nafar tashkil etadi. MTTlarga qamrab olingan bolalar soni 4294 nafar.
Tumanimizda bir kunda yana ikkita oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Istiqlol mahallasida tashkil etilgan “HAPPY KIDS” oilaviy-nodavlat ta'lim tashkilotining ochilish marosimida yig’ilganlar davlatimiz rahbari tomonidan sohaga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, berilayotgan e'tibor zamirida kelajagimiz vorislari bo’lmish – farzandlarimiz taqdiri mujassam ekanligini alohida ta'kidlab o’tdilar. – Maktabgacha ta'lim tashkiloti taqdimotida viloyat vakillari va tumanimiz hokimi ishtiroki o’sib kelayotgan barkamol avlodga nisbatan bo’lgan e'tibor ramzidir. Biz – oqsoqollar o’zimiz mana shunday zamonni orzu qilar edik, shukronalar bo’lsinkim, orzuimizdagi kunlarni farzandlarimiz, nevaralarimiz siymosida ko’rayapmiz, - dedi tadbirda so’z olgan 90-yoshli otaxon Subhiddin Sharofiddinov. Tadbirda Farg’ona viloyati MT boshqarmasi boshlig’i Yulduzxon Xadjayeva tomonidan tashabbuskor tadbirkor Ibodatxon Yusupovaga qimmatbaho sovg’a taqdim etildi.
Qizilqiyoq mahalla fuqarolar yig’inida tashkil etilgan yangi “Sabrina” oilaviy-nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotining taqdimot marosimida viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig’i, viloyatdan kelgan soha xodimlari, tuman hokimi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etishdi. Tadbir avvalida bolajonlar ishtirokchilarga o’zlarining ko’y-qo’shiq va ajoyib raqslari bilan ma'naviy zavq bag’ishlashdi. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev barcha mahalla ahlini ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi. Farg’ona viloyati maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig’i Yulduzxon Xadjayeva ham tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bollar qamrovini ko’paytirish yo’lidagi say-harakatlar o’z samarasini berayotganini alohida ta'kidlab o’tdi. Tashabbuskor tadbirkor Vafoxon Mamasiddiqovaga ham qimmatbaho sovg’a taqdim etildi.
Aytish mumkinki, tumanimizda bir kunda MTT larining soni yana ikkitaga ko’paydi. Yangi tashkil etilgan oilaviy-nodavlat ta'lim tashkilotlariga 25 nafardan bolajonlar jalb etilgan bo’lib, ularga 3 nafardan malakali mutaxassislar ta'lim-tarbiya berishadi. Ya'ni bu maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalar qamrovi 50 taga va tashkil etilgan yangi ish o’rinlar 6 taga ko’paydi deganidir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram