MAKTABNING YANGI BINOSIGA BIRINCHI G’ISHT QO’YILDI. BU - KELAJAKKA E'TIBORDAN DALOLAT
2021-06-10 20:22:56 162
"Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi". Bugun maktabga, umuman ta'lim-tarbiya sohasiga berilayotgan e'tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgani bilan ham ahamiyatlidir. Qurilayotgan yangi zamonaviy inshootlar, ta'lim maskanlari, jahon andozalariga mos keladigan ta'lim dargohlari, Respublikamiz hududidagi barcha ta'lim muassasalarini zamonaviy asbob-uskuna, dastgohlar, Internet tarmog’i bilan ta'minlash, o’g’il-qizlarimizga bilim va kasb cho’qilarini zabt etishdagi g’amxo’rlik zamirida o’sib kelayotgan barkamol avlod taqdiri, ertangi kuni mujassam. E'tiborli jihati shundaki, bunday e'tibor va g’amxo’rliklardan chekka hududlardagi aholi ham bahramand bo’lishayotir.
So’x tumanidagi 18-sonli UO’T maktabi o’tgan asrning 80-yillarida qurilgan va tabiiyki, muassasa zamonaviylik siymosiga muhtoj. Bu yili muassasada Davlat dasturi asosida rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda. Maktabdagi barcha sinfxonalar, sport zali mohir ustalarning mehnati tufayli yangi siymoga ega bo’layotir. - Maktabimizning sport zali butunlay yangi formatda ta'mirlanmoqda. Bu yerda farzandlarimiz uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib beriladi. Berilayotgan e'tibor tufayli maktab jamoasi va barcha Lenbur ahli minnatdor va xursand, - deydi biz bilan so’hbatda maktab direktori Mirzooxun Boybolayev.
Shuningdek, maktab yonida yangi bino qad rostlamoqda. Agar yangi inshoot qurib bitkazilsa, qo’shimcha 330 nafar talabalarga yangi zamonaviy sinfxonalar paydo bo’ladi. Bu esa, sinfxonalar yetishmovchiligiga barham beriladi degan gap. Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va mahallaning ko’pni ko’rgan nuroniy otaxonlari tomonidan yangi binoning birinchi g’ishti qo’yildi.
Aytgancha, amalga oshirilayotgan ishlarga maktab pedagogik jamoasi ham befarq emas. Maktab yonida tuman hokimligi tashabbusi va pedagogik jamoaning faol ishtiroki asosida hashar yo’li bilan yangi majlislar zali va muzey qad rostlamoqda. Barcha o’qituvchilar bir yoqadan bosh chiqarib, quruvchilarga hamohang tarzda mehnat qilishayotir.
Ma'lumot uchun: maktabdagi rekonstruktsiya ishlari tumanimizning "Tabassum So’x savdo" xususiy korxonasi zimmasiga yuklatilgan bo’lib, bu maqsadga davlatimiz tomonidan 4 milliard 651 million 578 ming 115 so’m mablag’ yo’naltirilgan. - Asosiy maqsadimiz mo’htaram Prezidentimiz e'tibori asosida, berilayotgan g’amxo’rlik tufayli farzandlarimizga munosib sharoit yaratib berishdan iborat va albatta zimmamizdagi mas'uliyatni yakdillik bilan ado etamiz. Chukni maktabga e'tibor bu kelajakka e'tibor deganidir, - deydi xususiy korxona rahbari Qosimjon Haydarov.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram