Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISHDA JAMOATCHILIK NAZORATINING AHAMIYATI

×

 2021-06-04 08:53:20    153

PDF yuklash
Chop etish


Korruptsiya bir davlat emas, balki butun bir mintaqa yoki jahon taraqqiyotiga tahdid soluvchi illatdir. Chunki u demokratiya va huquq ustuvorligiga putur yetkazadi, inson huquqlarining buzilishiga olib keladi, iqtisodiyotni izdan chiqaradi, uyushgan jinoyatchilikning keng yoyilishiga sharoit yaratib beradi.

Korruptsiya atamasining etimologiyasi xususida turli fikrlar mavjud. Ayrim olimlarning fikriga ko’ra u lotincha «corruptio» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «pora evaziga og’dirish» degan ma'noni anglatadi (Kriminologiya. Uchebnik. Otv. redaktor: Rustambayev. M. - Tashkent: TGYuI, 2008. - S. 219). Boshqa bir qarashga ko’ra korruptsiya atamasi lotincha «corrumpere» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «buzilish, aynish, tanazzul» degan ma'noni bildiradi (http://wikipedia.org/wiki/Korruptsiya).

Korruptsiyaga qarshi kurashish ko’p holda uning sabablarini aniqlash va bartaraf etishdan iborat bo’ladi.

Korruptsiyaga yo’l ochadigan omillar sirasiga hokimiyat organlari tizimining murakkabligi, buyruqbozlik taomillarining ko’pligini kiritish mumkin. Taqiqlar, ruxsat berish tartiblarining haddan tashqari ko’pligi, davlat xizmatchilarining manfaatlari yetarlicha himoya qilinmagani ham korruptsiyaga yo’l ochadi.

Mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida mustahkam huquqiy asos yaratilgan. Xususan, 1997 yili qabul qilingan Milliy xavfsizlik kontseptsiyasida korruptsiya mamlakatning milliy xavfsizligiga tahdidlardan biri deya e'tirof etildi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida ham korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari belgilangan.

O’zbekiston 2008 yil 7 iyulda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga (Nyu-york, 2003 yil 31 oktyabr), 2010 yil mart oyida Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti doirasida qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurashishning Istanbul rejasiga (2003 yil 10 sentyabr) qo’shilgan. Shuningdek, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonun qabul qilingan.

Ushbu tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 3 yanvarida “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunni imzoladi. Qonunda korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari belgilangan bo’lib, bular: Bosh prokuratura; Milliy xavfsizlik xizmati; Ichki ishlar vazirligi; Adliya vazirligi; Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentidir.

Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, korrupiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari bilan jamoatchilikning mustahkam hamkorligi, xususan, jamoatchilik nazorati talab etiladi.

Jamoatchilik nazorati davlat organlari faoliyatining qonuniyligini ta'minlash, davlat organlari va mansabdorlari inson xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlovchi qonun hujjatlariga rioya etmagan holatlarni aniqlashga qaratilgan, jamoatchilik nazorati sub'ektlari tomonidan qonun doirasida olib boriladigan chora-tadbirlar majmuidir.

Korruptsiyaga qarshi kurashish har bir fuqaroning maslagiga aylanishi kerak. “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonunda ham aholining huquqiy ongini yuksaltirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Korruptsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik institutlariga keng vakolatlar berilgan bo’lsa-da, bu borada hali muammolar ko’p. Misol sifatida:

- fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari faoliyati ustidan nazoratning o’rnatilmagani;

- davlat boshqaruvi organlarida korruptsiya darajasining kamaymayotgani;

- korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari bilan xalqaro tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlikni tashkil etish borasida muammolarning mavjudligi;

- korruptsiyaga qarshi kurashuvchi davlat organlari faoliyatining yetarlicha shaffof emasligini ko’rsatish mumkin.

 

X. Xoliqov - Jinoyat ishlari bo’yicha

                             Farg’ona tuman sudining sudyasi                         



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram