XOTIN-QIZLARNING MUAMMO-KAMCHILIKLARI O’RGANILMOQDA
2021-05-31 11:11:12 159
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 yanvardagi “Xotin-qizlarni qo’llab quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2-sonli qarori bilan xotin-qizlarning muammolarini tizimli hal qilish maqsadida So’x tumanidagi sektorlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashib, ularning shart-sharoitlari o’rganilmoqda. Aytish lozimki, jarayonlar davomida Respublikadan tashrif buyurgan vakillar ham ishtirok etib, ular tomonidan ayollar va xotin-qizlarning muammolarini o’rganish manzilli amalga oshirilayotir.
- Tumanga tashrif buyurganimdan xursandman, chunki ushbu anklav hudduddagi hayot, odamlarning turmush tarzini o’z ko’zlarim bilan ko’rdim. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev bilan turli tadbirlarda qatnashdim. Ayniqsa, “Onalarga ehtirom” festivali doirasida tashkil etilgan tadbirning ko’tarinkilik bilan o’tgani onalarga bo’lgan yuksak ehtirom namunasi desak, mubolag’a emas. Birinchi kuni ushbu masalada tuman hokimligi majlislar zalida tashkil etilgan uchrashuv ham o’zining ijobiy samarasini berdi, - deydi biz bilan so’hbatda Respublika kasaba Uyushmalari federatsiyasi vakili Yusufjon G’afurov.
Qariyb bir hafta davomida Respublikadan kelgan vakil bilan sektorlar kesimida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan bevosita uchrashib, ularning muammo-kamchiliklarini o’rgandik. 9 ta toifa bo’yicha “daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan so’hbatlar tashkil etildi, - deya mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i vazifasini bajaruvchi Rasuljon Mirsaidov so’hbatimizga qo’shildi.
- Biz xotin-qizlar muammo-kamchiliklarini Respublika miqyosida o’rganilishi va bizlarga berilgan e'tibor Yurtboshimizning bizga qartilgan g’amxo’rligi samarasidir. Tuman mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi vakillari bilan birgalikda bizning xonadonimizga Respublikadan kelgan vakil ham kelib, oilaviy ahvol va sharoitmizni o’rganishdi, amaliy yordam berish bo’yicha tavsiyalar berishdi. Biz bundan cheksiz minnatdormiz. Agar muammolarimizni hal etib berishsa, quvonchimiz ikki karra yana oshadi, - deydi Sohibkor mahallasida yashovchi M. Sunnatulloyeva. Ushbu fikrlarni shu mahalla fuqarolar yig’inda yashovchi D. Yunusova va D. Abdurahmonovalar ham ta'kidlashdi.
Aytish joyizki, bir hafta davomida ishchi guruh tomonidan ko’p ishlar amalga oshirildi. Ayni kunda tumanimizda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ularni ushbu daftardan chiqarish maqsadida amaliy ishlar davom etayotir.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram